03.12.2025
84

Alloh taoloning zotiy sifatlari

Alloh taoloning zotiy sifatlari
Insonga bilmagan narsasini o‘rgatib, musaffo aqidaga yo‘llagan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin. Bu musaffo aqidani bizga mukammal yetkazgan payg‘ambarimizga va u zotning ahli oilalariga va sahobalariga salavot va salomlar bo‘lsin.
Rosululloh sollalohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida bunday deganlar:
“Siz ahli kitob bo‘lgan qavmga boryapsiz, ularni avval chaqiradigan narsangiz Alloh azza va jallaga ibodat qilish bo‘lsin. Qachon Allohni tanisalar, Alloh ularga bir kecha kunduzda besh vaqt namoz farz qilganini xabarini bering ” . 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu hadislarida musulmon kishi eng avval Alloh taoloni tanishi, ya’ni aqidani o‘rganishi lozimligini xabar berganlar.
Alloh taoloning ismlari va sifatlarini aqoid ilmi ulamolari chuqur o‘rganganlar va ularning maqsadlari – Alloh taoloni noloyiq sifatlardan poklash bo‘lgan.
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi quyidagilarni aytadilar: 
“U zot maxluqotlaridan hech narsaga o‘xshamaydi. U zotga Uning maxluqotlaridan hech narsa o‘xshamaydi. U zotning sifatlarining barchasi maxluqlarning sifatining xilofidir. U zot bizning ilmimizga o ‘xshamas ilm bilan biladi. U zot bizning qudratimizga o‘xshamas qudrat ila qodir bo ‘ladi. U zot bizning ko ‘rishimizga o ‘xshamas ko‘rish ila ko‘radi.  Alloh taolo Qur’on karimda yuz, qo‘l va jonni zikr qilgan bo‘lsa, ular U zot uchun kayfiyati yo‘q sifatlardir ”.
Alloh taoloning sifatlari ikki turga: zotiy va fe’liy sifatlarga bo‘linadi. Alloh taolo o‘zi sifatlangan sifatining ziddidagi sifat bilan sifatlanmasa, u zotiy sifat deyiladi. Bu sifatlar Alloh taoloning zotidan hech qachon ajralmagani e’tiboridan “zotiy” (zotdan ajralmaydigan) sifatlar deb nomlangan. Ular:                                                          
1.Qudrat. 
Mazkur sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifatdir. Bunday Alloh taoloning biror narsaga qudrati yetganidan keyin qudratli bo‘lmagani, balki aslida bu sifat bilan sifatlangan zot ekanligini unutmaslik kerak. Alloh taolo bu sifati ila mumkin narsalarni ijod qiladi, yo‘q qiladi yoki o‘zgartiradi. Bu sifat haqida quyidagilar keltirilgan: “Hech bir narsa Uni ojiz qila olmas ”.  Bunga dalillar: 
أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَكَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۚ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُعْجِزَهُ مِن شَيْءٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ ۚ إِنَّهُ كَانَ عَلِيمًا قَدِير 
“Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U Zot o‘ta biluvchidir, o‘ta qodirdir”.
2.Iroda                                                                                                                                                                                                                                        Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, U bilan mumkin narsalarga joiz bo‘lgan barcha sifatlarni xos qiladi.
Bu sifat haqida quyidagilar keltirilgan:
“U zot iroda qilgan narsadan boshqa bo ‘lmas ”.
Sharh: Ya’ni borliqda Alloh taoloning irodasidan boshqa hech narsa bo‘lmas. Bunda Qadariya (qadarni inkor qiladiganlar) va mo‘taziliylarga raddiya bordir. Zero, ular “Alloh taolo hamma odamlardan iymonni iroda qilganu, ammo kofir kufrni iroda qilgan”, deyishadi. Ularning bu gaplari fosid va marduddir. Chunki bu Qur’onga, sunnatga, sog‘lom aqlga ziddir. Dalil: 
فَعَّالٌۭ لِّمَا يُرِيد
“Iroda qilganini qiluvchidir ”
3.Ilm
Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, xuddi voqelikdagi kabi yoki kelajakda qanday bo‘lishini kashf va ixota qilish u ila bog‘liqdir. Ilm sifatida bilish xususiyati bor, o‘zgartirish yoki ta’sir qilish xususiyati yo‘q. Alloh taolo An’om surasida:
وَعِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَآ إِلَّا هُوَ ۚ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۚ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍۢ فِى ظُلُمَـٰتِ ٱلْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍۢ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍۢ مُّبِينٍ 
“G‘aybning kalitlari ham Uning huzurida bo‘lib, ularni Undan boshqa hech kim bilmas. U quruqligu dengizdagi narsalarni biladir. Birorta yaproq tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer zulmatlaridagi don bo‘lsin, ho‘lu quruq bo‘lsin, albatta, ochiq-oydin kitobda bordir”, degan.
4.  Hayot
Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, u boshqa sifatlarning sobit bo‘lishiga olib boradi. Agar hayot sifati sobit bo‘lmaganida, Alloh taoloning boshqa sifatlari ham sobit bo‘lmas edi. Alloh taoloning hayoti komildir. Hayot sifati ham Alloh taoloning boshqa sifatlariga o‘xshashdirBiz uning kayfiyati haqida bahs yuritmay iymon keltiraveramiz. Alloh taolo Toha surasida:
وَعَنَتِ ٱلْوُجُوهُ لِلْحَىِّ ٱلْقَيُّومِ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنْ حَمَلَ ظُلْمًۭ
“Barcha yuzlar Hayyga, Qoyyumga bosh egmishlar. Batahqiq, zulm ko‘targan noumid bo‘lmish ”, degan.


5.  Eshitish
Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, u bilan eshitiladigan narsalar kashf bo‘ladi.Ammo bu kashf bo‘lish biror asbob yoki a’zo bilan bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo o‘xshashi yo‘q Zotdir.
6.  Ko‘rish 
Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, u bilan ko‘riladigan narsalar kashf bo‘ladi. Ammo bu kashf bo‘lish biror asbob yoki a’zo,  bilan bo‘lmaydi. Alloh taolo Shuuro surasida:
وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِير
“U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir ”, degan.
7.  Kalom
Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, u bilan U Zot amr qiluvchi, nahiy qiluvchi va xabar beruvchidir. Uning vositasida O‘z rasullariga vahiylarining nazmi ta’birini qilgan. Alloh taolo Niso surasida shunday degan:
وَكَلَّمَ ٱللَّهُ مُوسَىٰ تَكْلِيمًۭا
“Va Alloh Muso ila o‘ziga xos gaplashdi ”.
Alloh taolo barcha kamolot sifatlari bilan sifatlangan. U Zot barcha nuqsonli sifatlardan pokdir. Zero, U Zotning ilohligining o‘zi shunday bo‘lishini taqozo qiladi. Shuning uchun ham biz bandalar Alloh taoloning barcha sifatlarining qisqacha tafsilotini, ma’nolarini va ularga tegishli ishlar hamda e’tiqodlarni bilmog‘imiz kerak.
Tayyorladi: F.Azimbayeva 
Mas’ul ustoz: M.Xodjayeva

 

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qur’oni Karim. 
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri Hilol”.  “HILOL-NASHR” nashriyoti, Toshkent, 2022. 
7. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. “Sahihi Buxoriy”. Munir nashriyoti, Toshkent, 2021.
8. Abdulqodir Abdur Rahim.  Aqoid darsligi. “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, Toshkent, 2007.

 

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry