13.10.2026
11

Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari

Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari

 

Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar bo‘lsin.

Alloh subhanahu va taoloning habibi, payg‘ambarlarning so’ngisi, rasullarning sarvari Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamga, u zotning ahli baytlariga, sahobalariga salovatu salomlar bo‘lsin.

Inson uchun eng ulug‘ va sharafli ilmlardan biri — Alloh taoloni U Zot O‘z kitobida va Rasululloh ﷺning sahih sunnatlarida O‘ziga loyiq tarzda tanitganidek tanish, hamda e’tiqodni shubha va gumonlardan poklashdir. Ana shu maqsadni ko‘zlagan holda, ahli sunna val-jamoa e’tiqodi asosida mazkur mavzuni bayon qilish maqsad qilindi.

Abu Xanifa rahimahulloh dahriylarga nisbatan o‘tkir qilich edilar. Ya’ni dalillari kuchli edi. Bir kuni ba’zi dahriylar (Yaratuvchini inkor qiluvchilar) Abu Xanifani o‘ldirish uchun zaharlangan qilich bilan kelishdi. Abu Xanifa masjidda o‘tirgan edilar, buni payqab qolib dahriylar (Xudosizlar)ga dedilar: “Menga bir masalada javob bering keyin xohlaganingizni qiling” – Bir kishi haqida nima deysizlar. 

U aytsaki: “Yuk va insonlarga to‘la kemani ko‘rdim. Dengiz girdobida to‘lqinlar mavj urar edi, turli tomonga shamol esib bo‘ron boshlangan edi. Kema esa shunday paytda to‘g‘ri manzili tomon ketayapti, hatto kemani boshqaruvchisi yo‘q. Dengizning shunday holiga qaramasdan boshqaruvchisi bo‘lmagan kema manziliga eson omon yetib bordi”, desa shu narsani aqlda joiz sanaysizlarmi? 

Dahriylar (Xudosizlar): Yo‘q! Bu shunday narsaki aql uni qabul qilmaydi, bunday bo‘lishi mumkin emas.

Abu Xanifa: Subhanalloh! Agar aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, qanday qilib yuqorilari, pastliklari bo‘lgan bu olamning borligi turli holatlar bo‘lishiga qaramay uni qoim turishi qanday joiz bo‘lishi mumkin. Yana Yaratuvchisi bo‘lmagan holatda-ya, dedilar.

Ular yig‘lab yuborishdi va tavba qilib, shu vaqtning o‘zida iymon kelishdi.

Ba’zi falsafachilar imom Shofe’iydan so‘rashdi: “Yaratuvchi borligiga nima dalilingiz bor” deb. 

Imom Shofe’iy javob berdilar: Tut bargini. Uni ta’mi, hidi, rangi bor. Sizlar tut bargini ko‘rganmisiz?

Ular: “Ha ko‘rganmiz” deyishdi.

Shundan so‘ng imom Shofe’iy aytdilar:

Ipak qurti tut bargini yeydi va undan ipak chiqaradi. Asalari tut bargidan yeydi va asal chiqaradi. Qo‘y ham yeydi va undan tezak chiqaradi. Kiyik ham yeydi va uning misk xaltachasida, misk yig‘iladi.

Bularni Kim shunday qilib qo‘ydi?! Tabiati bir xil bo‘lgan narsani iste’mol qilib, turli xil narsa chiqaryapti. Olamlarni yaratgan Zot bularni shunday qilib tartiblab qo‘ydi. Yaratuvchi Alloh taolo borki bular turlicha, aqli bo‘lmagan bu jonzotlar qayerdan ham bilishsin tut bargini yeb ipak chiqarishni, asal chiqarishni, misk chiqarishni.

Bu javobdan so’ng falsafachilar iymon keltirishdi.

Ahmad ibn Hanbal dalil qilganlar: Bir qal’a bor, devorlar bilan o‘ralgan, birorta bir tuynugi, darchasi bo‘lmagan. Usti eritilgan kumushga o‘xshaydi, ichi esa quyilgan oltin kabi. Keyin uning devorlari yorildi, uning ichidan eshituvchi, ko‘ruvchi tirik jonzot chiqib keldi. 

Qal’a bu – Tuxum. Eshituvchi, ko’ruvchi jonzot esa – Jo‘jadir.

Agar tuxumga qarasak buni yaqqol misolini ko‘ramiz, bir teshigi bo’lmagan qobiqdan tirik mavjudodning chiqishi Yaratuvchi borligiga dalildir.

Imom Molikdan xalifa Xorun Ar-Roshid Yaratuvchining borligiga nimani dalil qilasiz deb so‘rabdi. Imom Molik: Ovozlarning har xilligini dalil qilaman debdilar.

Naqadar go‘zal dalil. Yer yuzida nechchi milliard insonlar, hayvonlar, qushlar bor. Ularning tovushlari turlicha. Shuncha inson bo‘lishiga qaramay hech kimning ovozi birovnikini takrorlamaydi, ko‘zimizni yumgan holatda ham yosh bolaning ovozini kattanikidan, erkakning ovozini ayolnikidan, hatto 5 ta qiz farzandi bor odam ham, har bir qizining ovozini boshqasinikidan ajrata oladi. Ovozlarimizni turlicha qilib yaratgan, olamlarni yaratib ularni tartiblab turgan, kunni tunga o‘zgartirib, turli fasllarni yaratgan Alloh subhanahu va taologa behisob hamdlar bo‘lsin.

Tayyorladi: ta’lim muassasasi talabasi M.Abrorova

Mas’ul ustoz: ta’lim muassasasi o‘qituvchisi S.Muhamedxodjayeva 

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
"USTOZ — OTANGDEK ULUG‘"
08.10.2026 14
#maqolaAnnotatsiya. Ushbu maqolada ustozning inson hayotidagi o‘rni, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyati hamda ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr yuritiladi. Ustozning shogirdga faqat bilim emas, balki hayotiy...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry