12.03.2021
1345

Axborot resurs markazi

Axborot resurs markazi haqida

Axborot resurs markazi (ARM) o‘z mehnat faoliyatini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi” 2007 yil 20 iyundagi PK-381-conli qarori va talabalar talab-takliflariga muvofiq holda olib boradi. ARM ga kitoblar asosan Toshkent shahridagi nashriyotlardan, oliy ta’lim muassasalari nashriyotlaridan, O‘MIning “Movarounnahr” nashriyoti va kitob do‘konlaridan olib kelinadi. Ta’lim muassasasi talabalarining o‘quv darsliklariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida faoliyat yuritadi. Bu kitoblardan talabalar va o‘qituvchilar o‘z bilimlarini oshirishda unumli foydalanadilar. ARMga 2 ta kompyuter, 2 ta printer , 1 ta printer moslamasi taqdim etilgan. Axborot-resurs markazi fondida 777 nomdagi 26324 dona kitob bor. Axborot-resurs markazi an’anaviy uslub bilan bir qatorda zamonaviy uslubda ham ish yuritmoqda. Jumladan, ARM zamonaviy kitob javonlari bilan ta’minlangan. Kitoblar bibliografiyaga mos ravishda javonlarga joylashtirilgan. 1. Axborot-resurs markazida “Prezident asarlari va Milliy istiqlol g‘oyasi”, “Mustaqillik-oliy ne’mat”, Diniy ekstremizmga qarshi kurash, 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, “Yoshlar kutubxonasi” nomlari ostida ko‘rgazmali burchak tashkil qilingan. Ta’lim muassasasi talabalari, o‘qituvchilari va xodimlarning kundalik nashrlardan foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ular “Xalq so‘zi”, “Ma’rifat”, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining “Kasb-hunar ta’limi” ilmiy-uslubiy jurnali kabi gazetalar, shuningdek, “Islom nuri” va “Hidoyat”, “Moʻminalar” jurnali kabi diniy-ma’rifiy nashrlardan muntazam ravishda foydalanadilar. Bugungi kunda Axborot-resurs markazida zamon talablariga javob beradigan o‘quv zali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan hamda adabiyotlar talab darajasida saqlanmoqda. Talabalar va o‘qituvchilar qatnovi, olayotgan kitoblarini nazorati kuchaytirilib, Axborot-resurs markazida kundalik ish yuritish daftari yo‘lga qo‘yilgan. Kitoblar haqida ma’lumotlarni tez va oson topish uchun “katalog byurosi” hamda “katalog qutisi” joriy qilingan. Ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalarining talab-takliflari muntazam o‘rganib borilib, O‘MI tomonidan 83 nomli 329 (dona) badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar keltirildi. ARM fondining asosiy qismini ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv adabiyotlar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tashkil etadi. 2026 yildagi ko‘rsatgichi – umumta’lim kitoblar soni 4567 ta, maxsus fanlardan darsliklar soni 5973 ta, arab tilidagi darsliklar va adabiyotlar soni 6734 ta, badiiy adabiyotlar soni 3145 ta, ilmiy-ommabop kitoblar soni 5905 tani tashkil qiladi. Jami axborot-resurs markazida 26324 ta kitob mavjud.

Другие новости

Таълим муассасаси тузилиши
15.03.2026 1155
Тузилма Марям Абдуллаева - Таълим муассасаси директориЎқув ишлари бўйича директор ўринбосариMaънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари
Подробнее
Таълим муассасаси
12.03.2021 1556
Таълим муассаса тарихи“Хадичаи Кубро” аёл-қизлар ўрта махсус ислом таълим муассасаси даставвал 1993 йилда Мовароуннаҳр мусулмонлари диний бошқармаси идораси «Эшон Бобохон» номи остида ўз фаолиятини бошлаган. Таълим муассасасига 1998-йилда Ўзбекистон мусулмонлари...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry