11.11.2025
71

Ijtimoiy tarmoqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar

Ijtimoiy tarmoqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar

Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko‘ra, deylik, behayolik, tanishuv saytlariga kirib yoki turli o‘yinlar bilan kun o‘tkazish kayfiyatida bo‘lganlardir.

Islom dinida buzuqlik, insonlarga faqat zarar keltiradigan, jamiyat nomini qora qiladigan ishlar qattiq qoralanadi. Qur’oni karimda bu kabi buzuqliklardan qaytarish uchun: “zinoga yaqinlashmang”, “fahshga yaqinlashmang” deya uqtiriladi: “Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u fahsh va yomon yo‘ldir”, deb ogohlantiriladi.

Ilmiy saytga kirib, kerakli manbani o‘qib turgan paytingizda birdaniga tanishuv yoki pornografik saytlar reklamasi ekranda paydo bo‘ladi. Ruhiy ta’sir quvvatiga ega bu reklamalarga e’tibor qaratish, ortiqcha ma’lumotlar ortidan quvish inson vaqtini behuda sarflash demakdir. Shuning uchun, farzandlar virtual olamda nima yaxshi-yu, nima yomonligini o‘rganishlari, internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini egallashlari kerak.

Bugun internet imkoniyatlarini, uning foydali jihatlarini hech kim inkor eta olmaydi. Faqat undan foydalanish madaniyatini shakllantirish, bolalarni unga o‘rgatish zarur. Binobarin, yoshlarning ruhiy-ma’naviy olamini zararli unsurlardan himoya qilish orqali taraqqiyot poydevori tiklanadi. Ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.

Internetda kishilarning sha’niga, obro‘-izzatiga tegadigan videolavhalar yoki suratlarni tomosha qilish, yoxud ularning shaxsiy hayotlariga tegishli ma’lumotlarni o‘g‘rincha bilishga harakat qilish, ularni yoyish inson haq-huquqlarini buzishdir. Bu to‘g‘risida Qur’oni karimda shunday deyiladi: “Ayting: “Rabbim, albatta, fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha’niga o‘zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi” Agar bu harakatlar behayo suratlar, axloqsiz filmlar tomosha qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday holatlarga har tomonlama ta’qiqlar bor. Chunki bunday narsalarni tomosha qilish fahsh eshiklari ochilishiga sabab bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v) aytadilar: “Biror-bir qavmning ichida fahsh zohir bo‘larkan, uning sababidan qavm la’natga uchraydi. Oldingi ummatlarda bo‘lmagan kasalliklar va o‘latlar tarqaladi” (Ibn Moja). Bunday gunoh kasridan kishi shu yorug‘ dunyoda beriladigan jazo bilan qutulolmaydi. Qanday yomon ishni qilgan bo‘lsa, oxiratda, albatta, so‘roqqa tutiladi, loyiq jazo oladi.

Ijtimoiy tarmoqlar sodda bo‘lib, fotoalbom tuzish va muloqot qilish uchun juda qulay. Ikki insonning real hayotda yuzma-yuz muloqotga kirishuvi ayrim ichki kechinmalarni bekitib turadi. Masalan, biri andishaga borib, suhbatdoshining gapini arang tinglaydi yoki beadablik qilmaydi. Sababi, insonning ko‘zida hosil bo‘lgan bioquvvat suhbatdoshining ko‘zi orqali uning ongiga ta’sir o‘tkazadi. Shuning uchun yuzma-yuz gaplashish virtual muloqot qilishga qaraganda juda qiyin. O‘z navbatida, kishining ovozida ham shunday xususiyatlar bor. Ovoz quloqqa yetib borgach, uning pardalarini tebratadi. Va u o‘z navbatida kishi ongida ijobiy yoki salbiy uyg‘onishni sodir etadi. Hikmatlarda bunday deyiladi: “Ko‘z bilan qilingan gunohning qalbga ta’siri katta. Chunki ko‘z qalb bilan bog‘liqdir”

Internet tarmog‘ida o‘tirgan kishi ko‘pincha yolg‘iz bo‘ladi. Tomosha qilayotgan o‘qiyotgan narsalari axloq me’yorlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini bilishi dargumon. Xususan, Alloh taolo qarashni harom qilgan behayo suratlar yoki videolavhalarni tomosha qilish qat’iy taqiqlanadi. Bunday ishlardan Alloh taolo qaytargan. Yuqorida aytilganidek, fahsh ish ulkan qabihlikdir. Bunday ishlar xoh oshkora, xoh yashirin bo‘lsin, barcha-barchasini Alloh harom qilgan.

Alloh taolo mo‘min bandalarini vasf qilganida ularning buzuqlikdan chetda bo‘lishlarini ta’kidlagan: “Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir”.

Imom Hokim rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar (s.a.v.): “Besh narsani besh narsadan oldin g‘animat bil: yoshligingni qarilikdan oldin, sog‘ligingni bemorligingdan oldin, boyligingni kambag‘alligingdan oldin, bo‘sh vaqtingni mashg‘ul bo‘lishdan oldin va hayotingni o‘limingdan oldin”, deb marhamat qilganlar. Shu bilan birga, behayo narsalarni tomosha qiluvchi Alloh taoloning la’natiga uchrashi haqida hadisi shariflar kelgan. Bu haqda Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.): “Nomahramga qarovchini ham, qaralgan odamni ham shunga rag‘bat qilsa, Alloh la’natlasin”, - deganlar” (Imom Bayhaqiy)

Bajardi: Abdulhanova Ozoda

Mas’ul ustoz: Ibrohimova Fotima

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry