25.11.2025
42

Islom shariatida qarz oldi-berdi masalalari

Islom shariatida qarz oldi-berdi masalalari

Islom shariati musulmonlarni hayotlari davomida bir-birlarining hojatini chiqarib, o‘zaro yordam asosida yashashga targ‘ib qiladi. Qur’oni Karim oyatlarida va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida mo‘min-musulmonlar yaxshilik va taqvo asosida o‘zaro hamkorlik qilib yashashlari lozimligi qayta-qayta ta’kidlangan.

Qarzga hojati tushib qolgan mo‘minga qarz berib turish — savobli ish ekani shar’iy matnlarda ko‘p bor takrorlangan.

Alloh taolo Muzzammil surasida marhamat qiladi:

وَأَقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ اللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ 

وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ ۖ  إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

“…va Allohga qarzi hasana beringlar. O‘zingiz uchun qanday yaxshilikni oldindan qilgan bo‘lsangiz, Alloh huzurida undan-da yaxshiroq va ulug‘roq ajrni topasiz. Va Allohdan mag‘firat so‘rang. Albatta, Alloh mag‘firatli, rahmli Zotdir.”

(Muzzammil surasi, 20-oyat)

Oyatda kelgan “Allohga qarzi hasana beringlar” jumlasi haqida biroz to‘xtalib o‘tish lozim. “Qarzi hasana” – bu birovga qarz berib, ustiga foiz yoki ortiqcha narsa olmaslik, ya’ni sudxo‘rlik qilmaslikdir. Oyatda odamga beriladigan qarzning Allohga nisbat berilayotgani boylarga tanbehdir. Ya’ni, “Kambag‘al-muhtojga qarz berganing Allohga qarz berganing bilan barobar. Kambag‘alga minnat qilmagin, balki rahmat aytgin, chunki u sening savobga sazovor bo‘lishingga sabab bo‘ldi”, deganidir.

Islom ta’limotlari har bir narsada yuksak insoniy fazilatlar hukm surishini yo‘lga qo‘ygan.

عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ: أَنَّ النَّبِيَّ ﷺ قَالَ: «مَا مِنْ مُسْلِمٍ يُقْرِضُ مُسْلِمًا قَرْضًا مَرَّتَيْنِ إِلَّا كَانَ كَصَدَقَتِهَا مَرَّة 

. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:

“Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonga ikki marta qarz bersa, bu bir marta sadaqa qilgandek bo‘ladi.” (Ibn Moja rivoyati)

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, hayot davomida kishilar turli holatlarga duch keladilar. Jumladan, o‘zlarining turli hojatlarini chiqarish uchun imkonlari bo‘lmay, boshqalardan qarz so‘rashga majbur bo‘ladilar. Ba’zan esa turli sabablar bilan o‘zlari istamasalar ham, boshqalarning moliyaviy haqlari ularning zimmasida sobit bo‘lib qoladi. Har ikkala holatda ham birovning haqqini ado etish bu odam uchun vojibga aylanadi. Shu sababli ham shariatda qarz masalalari va ularning hukmlari kiritilgan. Muhtoj kishilarga qarz berib turuvchilarga ajr va savoblar va’da qilingan, qarz muomalalarini qanday olib borish kerakligi batafsil bayon etilgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Qarz va unga bog‘liq masalalar” asarlari asosida.

 

Bajardi: Z.Akbarova

Qabul qildi: M.Maxamatxanova

 

 

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry