19.04.2025
196

Kiroman katibiyn va oʻlim farishtalariga iymon keltirish bayoni

Alloh taolo har bir insonga ikki farishtani: oʼng tarafdan bittasini, chap tarafdan bittasini biriktirib qo'yganiga iymon keltiramiz. Ikki farishta insonning yaxshilik va yomonliklarini yozib boradi. Va yana boshqa ikki farishta esa insonni turli hodisalardan, balo- ofatlardan, halokatlardan muhofaza qilib turadi.

Alloh taoloning quyidagi  oyatlari bunga dalildir:

وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَافِظِينَ 
Holbuki, ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir.

كِرَامًا كَاتِبِينَ 
Hurmatli yozib turuvchilardir.

يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ 
Nima qilayotganingizni biladiganlardir.

("Infitor" surasi 10-12- oyatlar)

إِنَّ رُسُلَنَا يَكْتُبُونَ مَا تَمْكُرُونَ
Albatta elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib turadiar.

("Yunus" surasi 21- oyat)

لَهُ مُعَقِّبَاتٌ مِّن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ يَحْفَظُونَهُ مِنْ أَمْرِ اللَّهِ

Uning oldida ham ortida ham taqib qiluvchilar bor. Uni Allohning amr bilan muhofaza qilib tururlar.
("Raʼd" surasi 11- oyat)

Alloh taolo odamlarning ruhlarini olishga vakili qilgan o'lim farishtalariga iymon keltiramiz.

Alloh taoloning quyidagi oyatlari bunga dalildir:

قُلْ يَتَوَفَّاكُم مَّلَكُ الْمَوْتِ الَّذِي وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ

Sen: "Sizlarga vakil qilingan o'lim farishtasi joningizni oladir. Soʻngra Robbingizga qaytarilursiz",- deb ayt.
(" Sajda" surasi 11- oyat)

Jon olovchi farishta bitta bo'lmagani uchun boshqa oyatda Alloh taolo quyidagicha zikr qilgan.

الَّذِينَ تَتَوَفَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ
Farishtalar ularning jonlarini oladilar.
(" Nahl" surasi 28- oyat)

 

Tayyorladi: 3-kurs talabasi:
I. Nabijonova 

Mas'ul ustoz: S. Muxamedxodjayeva

 

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry