25.02.2025
222

AYOLLARGA QABR ZIYORATI UCHUN BORISH JOIZMI?

 

Jamiyatimizda ayollar orasida 
"ayol kishi qabristonga borsa bo'ladimi?", "qabristonga borgan ayol o'liklarga kiyimsiz ko'rinadimi?", "qabristonga borib chiroq yoqish kerakmi?" va shunga o'xshash savollar uchrab turadi. Mazhabsizlik g'oyalarini ilgari suruvchi "soxta shayxlar" qabr ziyoratiga borishni kufr deydilar, kimki shunday qilgan bo'lsa "kofir bo'libdi" deya musulmonlarni kofirga chiqaradilar. 
Bu iddolari aslida to'g'rimi? "Ahli Sunna val jamoa" ulamolari qabr ziyorati borasida qanday ijtihod qilganlar? Bunday savollarga quyida javob topamiz. 
"Ahli Sunna val jamoa" mujtahid imomlari qabrlarni ziyorat qilish mustahab ekanligida ittifoq qilishgan. Lekin ayollarni qabr ziyoratiga borishlari borasida turlicha yondashganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari ayollar qabr ziyoratiga borishini joiz deyishadi va quyidagi dalillarni keltiradilar.
Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: 
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam : 
"Sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo'ldi. Bas, qabrlarni ziyorat qiling. Albatta, ular oxiratni eslatadi", dedilar".
(Imom Termiziy rivoyati).
Bu hadisdan ma'lum bo'ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabr ziyoratiga izn beribgina qolmay, bu ishga amr qildilar, targ'ib etdilar. Bu targ'ib faqat erkaklargagina bo'lib qolmay, ayollarga ham tegishli ekanini sahobiya onalarimizni qabr ziyoratiga borganliklari borasida kelgan sahih rivoyatlardan bilib olamiz. 
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
"Sizlarga o'zim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis aytib beraymi", dedilar. Shunda "ha" dedik. 
Oisha roziyallohu anho :
"Ey Rasululloh! Agar men ham qabristonga borsam, nima deb aytay?".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :
"Mo'min va musulmonlardan bo'lgan qabriston ahliga salom bo'lsin. Bizlardan vafot etganlar va hanuz hayot bo'lganlarni Alloh rahm aylasin. Darhaqiqat, bizlar ham sizlarning ortingizdan borurmiz, degin", dedilar.
(Imom Muslim rivoyati)
Ibn Abu Mulayka rahimahullohdan rivoyat qilinadi: 
Ibn Abu Mulayku rahimahulloh aytadi: Oisha roziyallohu anhoni ko'rib, 
"Ey, mo'minlarning onasi! Qayerdan kelyapsiz? " dedim.
Oisha roziyallohu anho "Akam Abdurrahmonning qabridan", dedilar.
Shunda "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarni qabr ziyoratuga borishdan qaytarmaganmidilar?" dedim.
Oisha roziyallohu anho: " Shunday, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dastlab bu ishdan qaytarib, so'ng qabrlarni ziyorat qilishga buyurgan edilar", deb javib berdilar. 
("Mustadrak" va "Sunani Bayhaqiy"kitobi).
Yuqorida keltirilgan asarlardan aniq bo'ldiki, qabrlarni ziyorat qilish shirk amallardan emas ekan va yana ayollar islomga zid bo'lgan amallarni qilmagan holda o'limni va oxiratni eslash uchun qabr ziyoratiga borishlari joizdir.

                                                                                                                                                                         fiqh fani o'qituvchisi F.Ibrohimova

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry