04.01.2025
253

Hidoyat va zalolat masalasi

#Aqida

Alloh o‘z fazli bilan kimni xohlasa to‘g‘ri yo‘lga soladi, kimni xohlasa ma’siyatdan asraydi va ofiyatda saqlaydi. O‘z adolati bilan kimni xoxlasa adashtiradi, kimni xohlasa yordamisiz qoldiradi va imtihon qiladi.
Yaralmishlarning barchasi uning xohishida, fazli va adolati orasida aylanib turadi. Bu gapdan bilinadiki, bandalar Allohga aslah (yaxshi) ish qilish vojib deyishga haqli emaslar.
Balki Alloh maxluqotlar borasida xohlaganicha tasarruf qiladi. Chunki olam uni mulkidir. Molik mulkida xohlaganicha tasarruf qila oladi.
Oli Imron surasi 43-oyatida:

"Alloh xohlaganini qiladi", deyiladi.

Moida surasi 1-oyatida:

"Alloh xohlaganiga hukm qiladi",deyilgan.

Bu yerda moʻtaziliylarning gapiga raddiya bor. Ular Alloh bandalariga eng aslah* (yaxshi) ishni qilishni vojib deydilar. Ularning so‘zlariga ko‘p oyatlarda ochiq-oydin raddiyalar bor.

Nahl surasi 93-oyat:
"U Zot kimni xohlasa adashtirur, kimni xohlasa hidoyatga yo‘llab qo‘yur".

Baqara surasi 26-oyat:
"U o‘sha bilan ko‘plarni zalolatga solib qo‘yadi, ko‘pchilikni hidoyatga solib qo‘yadi".

Yunus surasi 99-oyat:
"Agar Robbingiz xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edi".

Nahl surasi 9-oyat:
"Agar xohlasa, albatta, hammangizni hidoyat qilgan bo‘lardi".

Agar aslah (yaxshi) ish vojib bo‘lganda, olamda hech kim kufr keltirmas, osiy bo‘lmas edi. Chunki kufr va osiylik bandalar uchun aslah ish emas. Agar kimga iymonni iroda qilsa, o‘zining fazli bilan bo‘ladi, bandalar haqli bo‘lganligi uchun emas. Kimga kufrni iroda qilsa, adli bilan bo‘ladi, zolimligi uchun emas.
Zulm- o‘zidan boshqani mulkida tasarruf qilishdir. Alloh o‘zining mulkini tasarruf qiladi.
Anbiyo surasi 23-oyat:
"U (Alloh) qilganlari borasida so‘ralmas".

Aslah ishlarni vojibligi Uning quyidagi so‘zi bilan botil bo‘lgan:
Baqara surasi 105-oyat:
"(U) buyuk fazl egasidir".

Ustida vojib haqni bajarish fazl emas. Shuningdek, unda Muhsin, Mun’im, Mujmil( go‘zal suratda yaratuvchi) va Mannon ismlari botil bo‘ladi. Chunki unga vojib bo‘lib turgan narsani ado etishda ham ehson, fazl, minnat bo‘lmaydi.

* Aslah ish- Bandaning xizmat qilgani uchun savob berish muqobilidagi xizmasiz savob berish, yaxshi ishning muqobilidagi undanda yaxshiroq ishlar tushuniladi. Misol uchun banda jannatda bo‘lishi yoki undagi oliy maqomda bo‘lishi kabi ikki ish ko‘ndalang kelib qolsa, Alloh taoloning zimmasiga "aslah" ish vojib bo‘ladi-da, uni jannatdagi oliy martabaga ko‘tarishi lozim bo‘ladi.¹

¹E’tiqod durdonalari kitobidan olindi.

Manba:Abu Hafs Sirojiddin Gʻaznaviyning "Sharhu Aqiydatil imom at-Tahoviy kitobi"

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Raxmonova.R 
Mas’ul ustoz: Muxamedxodjayeva.S

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry