03.01.2025
248

Arab tilining dunyo tillari orasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari

Arab tili o‘zining uzoq o‘tmishga borib taqaladigan tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi holatiga ko‘ra dunyo tillari orasida o‘ziga xos o‘ringa ega. U boshqa dunyo tillaridan farqli o‘laroq uzoq asrlardan beri o‘z leksik xususiyatlarini va gap tuzilish normalarini saqlab kelmoqda. Shuningdek u haligacha dunyo tillari orasida o‘z ahamiyati va mavqeyini yo‘qotgani yo‘q. 

Uning dunyo tillari orasidagi ahamiyatini quyidagi omillarga bog‘lab o‘rganish mumkin. 

  1. Diniy omil. Bilamizki muqaddas islom dinining asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni Karim,  hadislar va boshqa adabiyotlar arab tilida  bitilgan. Musulmonlar o‘z dinlarini asl manbalar orqali arab tilida o‘rganadilar. Bugungi kunda dunyo aholisining 25 foizi musulmonlar ekanligi va bu ko‘rsatkich kundan kunga oshib borayotgani arab tilining ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo‘lyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
  2. Ilmiy, madaniy va tarixiy omil. Islom dinining rivojlanishi va ta’sir doirasining kengayishi sababli arab tili arab bo‘lmagan xalqar hayotiga ham kirib bordi. VIII-XIII asrlar islom dinining gullab yashnagan oltin davri bo‘ldi. Bu davr oralig‘ida arab tili nafaqat diniy balki ilmiy tilga ham aylanib ulgirdi. Bu davrda musulmonlar tomonidan yaratilgan asarlar Yevropa uyg‘onish davriga katta ta’sir o‘tkazdi va ko‘plab ilmiy kashfiyotlarga asos bo‘ldi va hozirgi kunga qadar ahamiyatini yo‘qotmadi. Inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan matematika, kimyo, astronomiya, tibbiyot, falsafa kabi fan sohalarining asosi ham arab tilida yozilgan manbalarga borib taqaladi. Kimyo, algoritm so‘zlarining ildizi arab kalimalari ekanligi ham fikrimizning yorqin dalilidir.
  3. Geografik omil. Har qanday til bir yoki ikki davlatning rasmiy davlat tili hisoblansa, arab tili 22 arab davlatining rasmiy tili hisoblanadi. Bu davlatlar dunyoning turli mintaqalarida joylashgani ham geografik jihatdan arab tilining mavqeyiga bevosita ta’sir o‘tkazadi.
  4. Iqtisodiy omil. Arab davlatlari hududi, ayniqsa Yaqin Sharq mintaqasi tabiiy yer osti boyliklari xususan neft va gazga boy hududlar sifatida dunyo jahon bozorida o‘zining alohida o‘rniga ega. Shu jihatdan arab tili biznes va iqtisod tili ham sanaladi.
  5. Til sifatida betakrorligi. Arab tili murakkab grammatik tuzilishga egaligi, leksik zahirasining o‘ta boyligi, o‘ziga xos yozuv turlari bilan ham boshqa tillardan ajralib turadi. Xususan arab harflarining o‘ziga xos talaffuzga ega ekanligi ham tilning ahamiyat kasb etishida muhim rol o‘ynaydi.  So‘zlarining tuzilishi o‘zak tizimiga asoslangan bo‘lib, bu so‘z yasalishini soddalashtiradi va boy lug‘at xazinasiga ega bo‘lish imkonini beradi. Boshqa tillardan farqli o‘laroq arab tili nihoyatda sinonimlarga boy. Ayrim so‘zlarning 100 dan ortiq ma’nodoshlari mavjud.  Islom dinining yoyilishi bilan birga arab tili ham keng miqyosda yoyildi. Buning natijasini  arab bo‘lmagan xalqlar tillarida ham hozirga qadar arab leksikoni  hissasining kattaligida ko‘rishimiz mumkin.

Shunday qilib, arab tili nafaqat kommunikatsiya vositasi balki qadimiy bilimlar xazinasi o‘laroq ham hanuzgacha barcha xalqlar uchun birdek ahamiyatli sanaladi. 

Xadichai Kubro ayol-qizlar

 islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi  Abduvaliyeva Komila

Другие новости

Ziyoli ayol – komil inson murabbiyasidir!
04.03.2026 1
Ayol ma’rifati – jamiyat baxtiOila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ziyosi bo‘lgan ayollar azaldan vafoli yor, mehribon ona, oila boshlig‘ining asosiy maslahatchisi sifatida qadrlanib kelganlar. Onalik naqadar mas’uliyatli va sharafli maqom...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (2-qism)
03.03.2026 1
Shuningdek, manbalarda asarning nomi bir necha xil ko‘rinishda nomlanganini ko‘rish mumkin. Abdulqodir Bag‘dodiy “Xizonatu-l-odob”, Hojjiy Xalifa “Kashfu-z-zunun” kitobida “Navobig‘u-l-kalim” deb zikr qilib o‘tgan bo‘lsa, Suyutiy, Yoqut Hamaviy, Toshko‘prizoda, Sofadiy va...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (1-qism)
03.03.2026 1
AbstraktUshbu maqolada Xorazm faxri, Jorulloh (Allohning qo‘shnisi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Ahmad Xorazmiy Zamaxshariyning hayoti, ilm yo‘lidagi safarlari va ta’lim olgan ustozlari haqida ma’lumotlar berilgan....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry