24.12.2024
251

MAXLUQOTLAR ALLOHGA OʻXSHAMAS

 

Imom Abu Ja'far At-tahoviy o'zlarining "Aqiydatut Tahoviyya" nomli kitoblarida shunday keltiradilar: 
             
لا يُشْبِهُهُ الأنامُ
     Ya'ni, Alloh taologa hech narsa oʻxshamaydi.
Yuqoridagi matnda kelgan أنام soʻzi 3 xil ma'noda ishlatiladi: 
1.Har bir ruh egasi
2.Xaloyiqning barchasi
3.Bashar
Ushbu 3 maʼnoda kelganlarning birortasi Alloh taologa oʻxshamaydi.
Matnning umumiy mazmunidan kelib chiqib quyidagilarni aytishimiz mumkin:
Alloh taolo yaratgan narsalar ichida Zotida ham, sifatlarida ham, ismlarida ham Allohga o'xshashi yo'qdir. Mushabbiha va Mujassima kabi adashgan firqalar Alloh taologa "jism" nisbatini beradilar.

"...U Zotga oʻxshash hech narsa yo'qdir. U oʻta eshituvchi va ko'ruvchidir".
                             Shuro surasi, 11-oyat

Nasroniylar esa,  Allohga "farzand va ayol" nisbatini beradilar. Alloh taolo bu kabi va boshqa barcha noloyiq sifatlardan pokdir.
Alloh taoloning quyidagi oyati bunga dalildir:

" Va Unga hech kim teng boʻlmagan"
                              Ixlos surasi, 4-oyat

Yahudiylarning baʼzilari ham Allohga "farzand" nisbatini berganlar. Ularning bu daʼvolari botildir.
Bunga dalil Tavba surasining 30-oyatidir:

"Yahudiylar: "Uzayr Allohning o'g'lidir", dedilar. Nasorolar: "Masih Allohning o'g'lidir", dedilar. Bu ogʻizlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga o'xshaturlar. Alloh ularni laʼnatlasin. Qayoqqa oʻgirilib ketmoqdalar?!"

Tayyorladi: M.No'monova
Mas'ul ustoz: S.Muxamedxodjayeva

Foydalanilgan manbalar: 
"Aqidatut tahoviyya", Imom Tahoviy,
"Aqidatut tahoviyya sharhining talxiysi", Muhammad Anvar Badaxshoniy.

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry