14.10.2024
314

Abu Iso Muhammad Termiziyning ilmiy merosi

 

Hijriy 209-yil, Jayhun daryosi yaqinidagi muazzam shaharlardan biri  Termiz shahrida Islom ma’rifati olamining zabardast olimlaridan bo‘lmish Abu Iso Muhammad Termiziy rahmatullohi alayh dunyoga keldi. Imom Termiziy hadis talabida ko‘plab shaharlarga safar qilib yuzlab muhaddislardan hadis rivoyat qildi. Hofiz, buyuk muhaddis Imom Termiziy Hijriy 279-yilda yetmish yoshida Termiz shahrida vafor etdi. Hadis ilmining dargʻalaridan bo‘lgan Imom Termiziy Islom ummatiga bir qancha qiymatli asarlar qoldirdi. 

“Sunan at-Termiziy” yoki “Jomi’ at-Termiziy”

 Mazkur asar Termiziyning eng mashhur asari bo‘lib, hadislar jamlanmasidir. Muallifning o‘zi bu asar haqida: “Ushbu kitobni yozib bo‘lib uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga ko‘rsatdim. Ular kitobni ma’qullashdi. Bu kitob kimning uyida bo‘lsa go‘yoki uning xonadonida Nabiy alayhissalom gapirayotgandek bo‘ladilar”, deb aytgan. “Sunani Termiziy” asari  hadis kitoblari orasida katta o‘rin egallaydi va “sihohi sitta” ya’ni olti sahih kitoblar sirasiga kiradi. Kitobda  hadislar soni 3956 hadisga yetadi. Ushbu kitobga juda ko‘p sharhlar yozilgan hamda turli tillarga tarjima qilingan. Jumladan, asarning oʻzbekcha tarjimasi ham mavjud. 

“Shamoili Muhammadiyya”

“Shamoili Muhammadiyya” tarjimai hol kitoblaridan bo‘lib, alloma unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fazilatlarini tilga olib, u zotning xulq-atvorlari, tashqi ko‘rinishlari, amal va hidoyatda ergashish uchun ega bo‘lgan fazilatlari, axloqlari va odoblarini o‘z ichiga olgan rivoyatlarni 55 bob, 397 ta hadisda jamlagan. Mazkur kitobga ham sharhlar yozilgan va turli tillarga, shu qatorda o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. 

“Ilal ul-kabir”

Bu kitob Termiziy o‘zining sanadlari bilan rivoyat qilgan bir qancha hadislardan iborat bo‘lib, har bir hadisning ketidan o‘z so‘zlari bilan yoki o‘zi zikr qilgan shayxlarining so‘zlari bilan hadisning hukmini keltirgan. Mazkur kitobda hadislarning ishonchlilik darajasi haqida ma’lumotlar berilgan. “Ilal ul-kabir” asari hasan hadislarni o‘rganishda benazir manba hisoblanadi.

“Ilal ul-sagʻir”

 “Ilal ul-sagʻir” asari “Sunan at-Termiziy”ga ilova qilingan kitob bo‘lib, unda muallal hadislar fiqhiy boblar tartibida to‘plangan va har bir hadisning illati bayon qilingan.

Imom Termiziyning yana bir qancha kitoblari bor bo‘lib, ammo ulardan barchasi ham topilmagan. Alloma Ahmad Shokir o‘zining “Sunan at-Termiziy” sharhiga yozgan muqaddimasida quydagilarni ma’lum qiladi: “Ulamolar Imom Termiziyni “tasniflar sohibi” deb atab, u tasnif etgan bir qancha kitoblarni keltirganlar. Ammo biz ular orasidan ikkitasini ko‘rdik xolos. Muallifning qolgan asarlari esa yo‘qolgan bo‘lsa kerak”. 

Imomning hali topilmagan asarlari qatorida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  • “Zuhd”;
  • “Tafsir” kitobi;
  • “Tarix” kitobi;
  • “Ismlar va kunyalar” kitobi.

Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi 

M.Nigmatova

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry