01.10.2024
257

Buyuk Muallimga muhabbat

Buyuk Muallimga muhabbat

Bizlarni Muhammad (sallohu alayhi vasallam) ning ummatlari bo‘lishdek sharafga muyassar aylagan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin.
Alloh taoloning roziligiga erishish yo‘llarini mukammal tarzda bizga ta’lim bergan habibimiz Rasululloh (sallohu alayhi vasallam) ga ko‘plab salot va salomlar bo‘lsin…
Yo Rasulalloh, siz biz ummatga har bir sohada go‘zal namunasiz. Siz nimaniki buyurgan va nimadan qaytargan bo‘lsangiz, o‘sha amallarda biz uchun xayr va baraka bordir. Yo Rasulalloh, siz bizni hayotimizni, dinimizni muhofaza aylagansiz…
Agar ustoz shogirdiga vazifani to‘laligicha etkazib bermasa, o‘quvchida ushbu ilm nuqsonli bo‘ladi. Yo Rasulalloh, siz bizlarga islom ta’limotlarini shu darajada mukammal etkazib bermaganingizda, bizni barcha amallarimiz nuqsonga uchrardi. Ustoz o‘zi amal qilmay maruza qilsa, nasihati chin qalbdan emas, quruq so‘zdan iborat bo‘lsa, tolibi ilm uchun bu maruza manfaatsiz bo‘lardi. Chunki, ilm amal bilan tirikdir. Qalbdan chiqqan gaplar gaplar qalbga etib boradi. Yo Rasulalloh, siz barcha so‘zlaringizga amal qilib ko‘rsatib berguvchi “Tirik Qur’on” bo‘lgansiz.
O‘rganayotgan ilmlarimiz faqat tillarimizda qolmay balki, bu ilmlar ila yashashlik lozimligini bizga siz o‘rgatgan Buyuk Muallimsiz.
Yo Rasulalloh, sizni har bir aytgan so‘zingizda, hatto sukut saqlaganingizda biz uchun namuna bor. Yo Nabiyalloh, mukarram ota-ona, aziz ustoz, baxtiyor jufti halol, solih farzand, adolatli rahbar bo‘lish kerakligini siz bizga ta’lim bergansiz.
Qanday yashsasak butun hayotimiz nurga to‘lishini siz o‘rgatgansiz Yo Habiballoh. Qiyinchiliklarni qanday engib o‘tishlikni, dunyo uchun mahzun bo‘lmaslikni sizdan o‘rgandik, ey go‘zal xulq sohibi! Amallarimizni ixlos bilan bezasak, hayotimiz ajrlarga burkanishini siz ta’lim berdingiz. Siz sahro qalblarimizga malham bo‘lgan chashmasiz .
Yo Nabiyalloh siz islomni biror gard yuqtirmay bizga etkazdingiz. Bizni kechiring. Siyratingizni va sunnatingizni mukammal o‘rganib tiriltira olmayotganimiz uchun… Yo Rasulalloh siz biz ummat uchun Allohning eng buyuk ne’mati va barokatisiz.
Ey Allohim, bizlarni ummati muhammadiy bo‘lishlik baxtiga sazovor qilganingdek Habibimiz Muhammad (sallohu alayhi vasallam) ning shafoatlariga ham erishishligimizni nasib ayla!

Xadichai Kubro ayol qizlar islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
Joziba Jamol qizi

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry