09.05.2024
435

Taroveh namozi necha rakat o'qiladi ?

 

Taroveh so'zi lugatda “rohatlanish “ degan manoni bildiradi. 
Taroveh namozi Ramazon oyining kechalarida ado qilinadigan namozlardan biri bolib, erkaklar va  ayollar uchun Sunnati muakkada hisoblanadi.  Bu namoz bizga  Rosululloh ﷺ ning davrlaridan to hozirga qadar salaf va xalaflarning naqllari orqali yetib kelgan.
Jumhur ulamolar taroveh namozini 20 rakat deb hisoblaydilar.
Hanafiy, shofe'iy va hanbaliy mazhabiga kora taroveh namozi yigirma rakatdan iborat bolib, har ikki rakatda salom berib oqiladi. Har 4 rakatda bir oz dam olinadi. Oxirida 3 rakat vitr bilan namoz tugatiladi. 
Molikiylarga kora esa taroveh namozi 36 rakatdan iborat. 
Birorta ham mazhabga mansub bolmagan yana bir toifa borki, ularning tushunchasiga kora taroveh 8 rakatdan iborat bolib, 3 rakat vitr namozi bilan qoshib hisoblanganda 11 rakat deb hisoblaydilar.

Jumhur ulamolari bunga raddiya ravishda quyidagi hadisni keltiradilar: Imom Bayhaqiy “ Marifatus Sunan val Osor” kitobida Soib ibn Yaziddan rivoyat qiladi:
"Umar ibn Xattob ning zamonida 20 rakat qiyomul layl qilar edik va vitr oqir edik."
Mullo Ali Qoriy “ Mirqot” kitobida va Kamol ibn ul-Humom “ Fathul Qadir “ kitobida shuningdek, Imom Navaviy rahimahulloh ham  “Al Xulosa” kitobida mazkur xadisning sanadini sahih degan.
Va yana bir hadisda: Ibn Abu Shayba Abdulaziz ibn Rofidan rivoyat qilinadi: “ Ubay Ibn Ka'b roziyallohu anhu Madinada Ramazonda odamlarga 20 rakat namoz oqir edi va 3 rakat bilan vitr oqir edi. 
“Bazlul majdud” kitobida bu hadisning sanadi quvvatli deb topilgan.
Tarovehning 20 rakat ekaniga dalolat qiluvchi hadislarning barchasi sahobalardan va tobeinlardan rivoyat qilingan. Ular bidatchi bolmaganlar. Balki Paygambarimiz ﷺga ergashganlar. 
Xulosa shuki: albatta taroveh va uning 20 rakat ekani xulafoi roshidinlarning sunnatlaridir. Xazrati Umar, Usmon, Ali va barcha imomlar, muhaddislar va fuqaholar tarovehning 20 rakatli sunnat ekaninga qavliy, feliy va sukutiy jihatdan ijmo qilganlar. Buni inkor qiladigan toifa sahobalar, salaflarga xilof qilmoqdalar. Bu xiloflari sabab mo'min-musulmonlarni orasiga shubha urug'ini sochib, musulmonlar birligiga rahna solmoqdalar.

Ta'lim muassasasi fiqh fani o'qituvchisi Fotima Ibrohimova

Другие новости

Alloh taoloning go‘zal ismlari ichida «Ar-Rohman» ismining o‘rni va mazmuni
06.07.2026 3
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMالْحَمْدُ لِلَّهِ ذِي الْأَسْمَاءِ الْحُسْنَى وَالصِّفَاتِ الْعُلَى، وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ خَيْرِ الْوَرَى، وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أُولِي الْفَضْلِ وَالتُّقَى.Go'zal ismlar va oliy sifatlar sohibi bo'lgan Alloh taologa...
Подробнее
Arab tilini o'rganishning ahamiyati
06.07.2026 4
Arab tili dunyoda o‘rganish jihatdan eng qiyin bo‘lgan tillarning ikkinchisi bo‘lsada, nega insonlar ushbu tilni o‘rganishga intilishadi? Bu savolning javobi tilning nafaqat mukammal lisoniy tuzilishida, balki uning insoniyat tarixidagi o‘rni,...
Подробнее
“AL-XAROJ” ASARINING HANAFIY FIQHIDAGI O‘RNI
03.07.2026 5
Abu Yusuf rohimahullohning “Al-Xaroj” asarlari moliyaviy va iqtisodiy fiqh sohasida yozilgan eng muhim manbalardan biri bo‘lib, undan keyingi ko‘plab olimlar chuqur foydalanganlar. Ular orasida:-Yahyo ibn Odam (vafoti 203-hijriy) - “Al-Xaroj”...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry