08.05.2024
378

Imom Qurtubiy oʻzlarining tafsirlarida ajoyib bir qissani keltiradilar:


Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning zamonlarida bir a’robiy Madinai Munavvaraga keldi va odamlarga nido qilib: "Alloh taolo Muhammad ﷺ ga nozil qilgan narsadan kim menga oʻqib beradi?”, – dedi. Shunda bir kishi unga Baroat (Tavba) surasini oʻqiy boshladi. “Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir” oyatiga kelganda, haligi kishi xato qilib, رَسُولُهُ (rosuluhu) soʻzini رَسُولِهِ (rosulihi) deb oʻqidi. Natijada oyatning ma’nosi buzilib, “Albatta, Allohning mushriklar va oʻz Rasuli bilan orasi ochiqdir” boʻlib qoldi. Buni eshitgach a’robiy: “Allohning oʻz Rasuli bilan orasi ochiqmi? Unday boʻlsa mening ham Allohning Rasuli bilan oram ochiq”, – dedi. Bu gap tarqalib, xalifa Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning qulogʻigacha yetib bordi. Xalifa a’robiyni huzuriga chaqirib: “Hoy a’robiy, shu gap rostmi? Allohning Rasuli bilan orani ochiq qildingmi?”, – dedi. Shunda a’robiy xalifaga boʻlgan voqealarni aytib berdi. Buni eshitgach, Umar roziyallohu anhu unga oyatni toʻgʻrilab oʻqib berdilar va lugʻat ilmini bilmagan inson Qur’ondan ta’lim berishini ta’qiqladilar. Soʻng Abul Asvad Duvaliyga arab tili qoidalarini tartibga solishni buyurgan edilar, shu tariqa Nahv faniga asos solindi.

Tarjimon: 2-kurs talabasi Z.Ibrohimova 
Mas’ul ustoz: F.Azizova

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry