07.05.2024
351

Duo va sababiyat qonunlari

 

Duo lug’atda “iltijo”, “o’tinch” kabi ma’nolarini anglatadi. Istilohda “Banda o’zining faqirligini, hojatmandligini va mu’teligini hamma narsaga qodir bo'lgan Alloh taologa izhor qilib, manfaatlarini jalb qilishni va zararlarni daf qilishini so'rashi duo deb ataladi".
Duo musulmon kishining hayotida o’ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan ulkan ibodat hisoblanadi. Bu ibodatning qanchalar katta ahamiyatga ega ekanini Rasululloh (s.a.v.) shunday bayon qilganlar.
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilаdi: “Nabiy (s.a.v): “Alloh taologa biror-bir narsa duodan ko'ra qadrliroq emasdir,” – dedilar”(Termiziy rivoyat qilgan).
Chunki duo qiluvchi o’zining ojiz banda ekanini izhor qilish bilan birgalikda, Robbisining ko’plab sifatlarini e’tirof etayotgan boladi:
1. Borligini;
2. Boyligini;
3. Eshituvchiligini;
4. Saxiyligini;
5. Rahmatini;
6. Qodirligini.
Shuning uchun mo'min kishi doimo duoga harakat qilishi lozim bo'ladi.

Tayyorladi: M.Salimova 
Mas’ul ustoza: S.Muxamedxodjayeva

Другие новости

Alloh taoloning go‘zal ismlari ichida «Ar-Rohman» ismining o‘rni va mazmuni
06.07.2026 3
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMالْحَمْدُ لِلَّهِ ذِي الْأَسْمَاءِ الْحُسْنَى وَالصِّفَاتِ الْعُلَى، وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ خَيْرِ الْوَرَى، وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أُولِي الْفَضْلِ وَالتُّقَى.Go'zal ismlar va oliy sifatlar sohibi bo'lgan Alloh taologa...
Подробнее
Arab tilini o'rganishning ahamiyati
06.07.2026 4
Arab tili dunyoda o‘rganish jihatdan eng qiyin bo‘lgan tillarning ikkinchisi bo‘lsada, nega insonlar ushbu tilni o‘rganishga intilishadi? Bu savolning javobi tilning nafaqat mukammal lisoniy tuzilishida, balki uning insoniyat tarixidagi o‘rni,...
Подробнее
“AL-XAROJ” ASARINING HANAFIY FIQHIDAGI O‘RNI
03.07.2026 5
Abu Yusuf rohimahullohning “Al-Xaroj” asarlari moliyaviy va iqtisodiy fiqh sohasida yozilgan eng muhim manbalardan biri bo‘lib, undan keyingi ko‘plab olimlar chuqur foydalanganlar. Ular orasida:-Yahyo ibn Odam (vafoti 203-hijriy) - “Al-Xaroj”...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry