02.05.2024
458

Duoda vasila qilish

 

Vasila duo ijobat bo'lishi uchun Alloh taologa uning huzurida qadrli ekani bilingan narsani aytib duo qilishdir. Ahli sunna ulamolari vasila qilishni joiz deganlar. Hozirgi kunda ba'zi bilimsiz insonlar Nabiy sollallohu alayhi vasallam yoki solih insonlarni duosida vasila 
qilayotganlarni kofirga  
chiqarmoqdalar. Ahli sunna ulamolari o'z asarlarida vasila qilishning joiz ekaniga oyat va hadislardan ko'plab dalillar keltiradilar: "Ey iymon keltirganlar!Allohdan qo'rqingiz va unga vasila qilingiz". Tafsir kitoblarida ushbu oyatning tafsirida vasilani Allohning ismi, sifatlari, yaxshi amallar, payg'ambarlar va solih bandalar ekani aytilgan. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda ulug' sahoba hazrati Umar roziyallohu anhuning qurg'oqchilik vaqtida vasila qilganlari  bayon qilinadi.

Umar roziyallohu anhu qurg'oqchilik vaqtida Abbos ibn Abdulmuttolib ila (u kishini vasila qilib) Allohdan suv so'rab quyidagicha duo qilar edilar: "Ey Allohim! Biz senga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ila vasila qilar edik va sen bizni suv bilan serob qilar eding. Endi biz senga Nabiy sollallohu alayhi vasallam amakisini vasila qilamiz. Bizni suv bilan serob qilgin".
Ma'lum shaxslarni vasila qilish joiz, ammo buni mumkin emas deganlar ham bor. Mo'taziliy va xavorij firqalari har qanday shaxsni vasila qilishni inkor qilishgan. Ular o'zlarining bu da'volariga Qur'on va sunnatda kelgan umumiy xabarlarni dalil qilib olishgan. Masalan, Qur'oni Karimda faqat Allohdan yordam so'rash bayon qilingan: "Va faqat Sendangina yordam so'raymiz". Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday xabar berganlar: "Agar so'rasang, Allohdan so'ra, agar yordam so'rasang, Allohdan yordam so'ragin". Ushbularga o'xshash oyat va hadislarning zohirlarini dalil qilib, biror shaxsni vasila qilish mumkin emas deganlar. Jumhur ulamolar esa bu dalillarga: "Shariatda faqat Alloh taolodan yordam so'rashga buyruq bo'lganidek, zohiriy sabablarni yuzaga chiqarishga ham buyruq bordir. Ana shu zohiriy sabablardan biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoki avliyolarni vasila qilib Allohdan duo qilish hisoblanadi. Ba'zi ulamolar esa biror ulug' shaxsni vasila qilish joiz, faqat u tirik bo'lishi shart deganlar. Ahli sunna ulamolari esa vasila qilish uchun tirik bo'lishi shart emas deganlar.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shar'an joiz bo'lgan vasila – "Ey Allohim! Men sendan falon yaxshi amalim yoki falon insonning sening huzuringdagi hurmati ila so'rayman" bo'ladi.

Tayyorladi: M.Mamajonova 
Mas'ul ustoz: S.Muxamedxo'djayeva

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry