30.04.2024
420

Iymon ruknlari nechta?


"Iymon ruknlari nechta?" degan savolga javob berish uchun, avvalo, "iymon va rukn" kalimalari nimani ifodalashi haqida toʻgʻri tasavvur boʻlishi lozim.
Iymon kalimasi lugʻatda ikki xil maʼnoni bildiradi:
1. Tasdiqlash.
2. Omonlik berish.
Ahli sunna val-jamoa ulamolari nazdida birinchi maʼno, yaʼni tasdiqlash moʻtabar hisoblanadi.
"Rukn" lugʻatda «ustun, asos» kabi maʼnolarni anglatadi. Istilohda esa "Biror narsaning asosini tashkil qiladigan eng kuchli tarafi uning rukni deyiladi".

"Iymon ruknlari nechta?" degan savolga ahli sunna val-jamoa ulamolari uch xil qarashni aytganlariga guvoh boʻlamiz:
1. Iymon qalb bilan eʼtiqod qilish, til bilan nutq qilish va arkonlarga amal qilishdir;
2. Iymonning asliy rukni tasdiqlashdir. Til bilan iqror boʻlish aslga qoʻshimcha rukn hisoblanadi;
3. Iymon faqatgina tasdiqdan iboratdir. Iqror boʻlish dunyoda moʻminlik hukmlari ijrosi uchun shartdir. Solih amallar esa iymonning sahih boʻlishi uchun emas, balki komil boʻlishi uchun shartdir.
Ushbu ikkinchi va uchinchi qarash moturidiya mazhabi ulamolarining qarashlaridir. Faqatgina baʼzilari iqror boʻlishni "qoʻshimcha rukn" degan boʻlsalar, baʼzilari "dunyoda moʻminlik hukmlari ijrosi uchun shartdir", – deganlar.

Tayyotladi! 3- kurs talabasi Yakubova M.
Mas'ul ustoz: Muxamedxo'djayeva S.

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry