28.04.2024
303

Jannatga yetaklaydigan amal

Jannatga yetaklaydigan amal


Dinimiz hamisha to’g’ri so’zlashga buyuradi. Qur’oni Karimda bunday marhamat qilinadi: ,,Ey mo’minlar, Allohdan qo’rqinglar va tog’ri so’zlanglar! (Shunda Alloh) ishlaringizni o’nglar va gunohlaringizni mag’firat etar. Kim Allohga va uning payg’ambariga itoat etsa, bas, u ulug’ yutuqqa erishibdi” (Ahzob, 70-71)
Tog’ri so’zlash eng yaxshi fazilat, huzur-halovatning asosi. Oila va jamiyat farovonligi ham tog’rilik, rostgo’ylik bilan davomli bo’ladi. Tog’riso’zlik tufayli oila, jamiyat a’zolari o’rtasida mehr-muhabat, ishonch kuchayadi, har sohada rivojlanish, ilgarilash bo’ldi.
Insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, hayotiy tushuncha va tasavvurlari oilada shakllanadi. Ota-ona o’rtasidagi ishonch xonadonda xotirjamlik muhitini yuzaga keltiradi, bu- farzandlar tarbiyasi uchun foydalidir. Oilalardagi muhit mahalla, jamiyatdagi insonlararo munosabatlarga ham ta’sir etadi. Demak, oilada katta-kichikning odob talablariga rioya qilishi juda muhimdir. 
Ish yo o’qish joyidagi hamrohlarning ma’naviy kasalliklari boshqalarga ham ,,yuqishi” tabiiy. Zero, Alloh taolo sodiqlar bilan birga bo’lishga buyurgan: ,,Ey iymon keltirganlar!Allohdan qo’rqinglar va (imonda) sodiq kishilar bilan birga bo’linglar!” (Tavba 119). Sodiqlar so’z, ish, niyat va imonda sadoqatli kishilardir. So’zda sadoqatlilik rost gapirish, yolg’ondan saqlanish bilan bo’ladi. Imon talabi, najotga yetishish vositasi shu.  Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:,, To’g’riso’zlik yaxshilikka yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Albatta, kishi to’g’ri so’zlaydi, hatto Alloh huzurida siddiqlardan deb yoziladi” (Muttafaqun alayh)
Hamma narsa doimiy bajarib yurish bilan odatga aylanadi. Tog’riso’zlik ham shunday. Hatto o’z foydamizga qarshi kelsa ham, to’g’ri gapni o’rnida ayta bilsak, buning mukofoti ikki dunyoda yaxshilik bo’ladi. 
Joziba JAMOL qizi,
Xadichai-Kubro ayol-qizlar islom o’rta-maxsus bilim yurti mudarrisasi

Другие новости

Alloh taoloning go‘zal ismlari ichida «Ar-Rohman» ismining o‘rni va mazmuni
06.07.2026 3
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMالْحَمْدُ لِلَّهِ ذِي الْأَسْمَاءِ الْحُسْنَى وَالصِّفَاتِ الْعُلَى، وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ خَيْرِ الْوَرَى، وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أُولِي الْفَضْلِ وَالتُّقَى.Go'zal ismlar va oliy sifatlar sohibi bo'lgan Alloh taologa...
Подробнее
Arab tilini o'rganishning ahamiyati
06.07.2026 4
Arab tili dunyoda o‘rganish jihatdan eng qiyin bo‘lgan tillarning ikkinchisi bo‘lsada, nega insonlar ushbu tilni o‘rganishga intilishadi? Bu savolning javobi tilning nafaqat mukammal lisoniy tuzilishida, balki uning insoniyat tarixidagi o‘rni,...
Подробнее
“AL-XAROJ” ASARINING HANAFIY FIQHIDAGI O‘RNI
03.07.2026 5
Abu Yusuf rohimahullohning “Al-Xaroj” asarlari moliyaviy va iqtisodiy fiqh sohasida yozilgan eng muhim manbalardan biri bo‘lib, undan keyingi ko‘plab olimlar chuqur foydalanganlar. Ular orasida:-Yahyo ibn Odam (vafoti 203-hijriy) - “Al-Xaroj”...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry