13.04.2024
522

Missionerlikning salbiy oqibatlari

Missionerlikning salbiy oqibatlari
   Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lg'aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhimligini alohida qayd etish lozim. Missionerlik lotin tilidan olingan bo'lib, “missio”so'zi “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi.  Missionerlikni ko'pchilik xristian dini bilan o'zaro bog'liq tushuncha sifatida qabul qiladi. Missionerlikning xristian dini bilan bog'liqligi shundaki, xristian dinining protestantlik yo'nalishida “Missionerlik xar bir dindor uchun shart”,- deb hisoblanishi “Injil”da keltirilganligini uchratishimiz mumkin. Buning  sababi quyidagicha: Xristianlikning katolik va pravoslav yo'nalishlarida missionerlik bilan ruhoniylar shug'ullanishi belgilangan, ya’ni ruhoniylar rasmiy cherkovlarda ibodatga kelgan fuqarolar orasida  missionerlik faoliyatini amalga oshirishlari nazarda tututilgan bo'lib, protestant («lotincha «proiestans»-«e’tiroz bildiruvchi») konfessiyalarida missionerlik bilan shug'ullanish barcha dindorlarning burchi etib belgilangan. Diniy e’tiqodi uchun quvg'inga uchragan protestantlarning Shimoliy Amerikaga ommaviy emigratsiya qilishlari XVII-XVIII asrlarda mazkur qit’ada protestantlikning keng tarqalishi, keyinchalik AQShda mormonlar, “Iegov shohidlari”, xarizmatik pyatidesyatniklar kabi ortodoksal xristianlik ta'limotidan jiddiy tarzda chetga chiqqan proetstant konfessiya va sektalarning vujudga kelishiga zamin yaratgan.  Missionerlik faoliyatining bir qismi sanalgan prozelitizm (grekcha «proseh/tos» - yangi e’tiqodni qabul qilgan odam) tushunchasi ham mavjud bo'lib, prozeletizm yangi din g'oyalarini qabul qilgan shaxsning ushbu dinga kuchli sadoqatini anglatadi . Davlatimiz tomonidan fuqarolarining diniy qarashlarini va dinga bo'lgan munasabatini O'zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonuni talablari bilan tartibga solinadi. Xususan, Qonunning 5-moddasiga ko'ra, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-biri imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo'l qo'yilmaydi. Qonun muayyan yoshga to'lgan fuqarolarning o'z diniy ehtiyojlarini ta'minlash uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o'rta diniy o'quv yurtlarida ta'lim olish tartib qoidalarini xam belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borishda, millatlararo adovat uyg'otishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o'rtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g'arazli maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmasligi qat’iy belgilab ko'rsatilgan. Bugungi kunda missionerlikdan g'arazli niyatlarda foydalanish ham keng tus olgan. Biz fuqarolar bundan hushyor bo'lishimiz kerak. Ogohlik - davr talabi!
Tayyorladi: 3-kurs talabasi Fotima Shodixonova 
Mas'ul ustoz: "Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’lim boshlig'i"  G.Maxamedov

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry