09.04.2024
538

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiysi

#Tarixiy_siymolar
#Maqola
#Sohibqiron_tavalludi
#Kun_tarixi

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiysi

9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz. 

9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz.

Amir Temur ko‘plab mashhur muarrixlar ta’kidlaganidek, ilmning qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor edi. Ilm-fanga qiziqish Amir Temurning bolalik chog‘larida oilasidan boshlangan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sohib­qiron xonadonida farzandlar (shahzodalar, malikalar)ga ilm-fanning turli sohalaridan ko‘p saboqlar berilar, madrasalarda tahsil olish davom ettirilardi.

Masalan, Mironshoh Mirzo uchun maxsus ibn al-Asirning “Al-komil fi-t-tarix” (Mukammal tarix) kitobi tarjima qilib berilgan edi. Sohibqiron boshlab bergan sa’y-harakatlari tufayli uning avlodlari orasida Muhammad Sulton, Ulug‘bek Mirzo, Ibrohim Sulton, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ko‘chkunchixon, Komron Mirzo, Gulbadanbegim, Zebunniso kabi shoirlar, olimlar, muarrixlar, xattotlar, homiylar, ma’naviyat va ma’rifat jonkuyarlari bor bo‘lib, ular ilm-fan, ma’naviyatning qadriga yetadigan ajoyib insonlar bo‘lib yetishdi.

Ulug‘bek Mirzoning astronomiya maktabi aynan Samarqandda yaratildi. Zamonaning ilg‘or rasadxonasi barpo etildi. 1 018 ta yulduz ta’rifini o‘z ichiga olgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” jadvali jahon faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. “To‘rt ulus tarixi” asari esa xalqimiz tarixini anglab yetishda katta ahamiyatga ega.

Sohibqiron Amir Temur davri tarixini to‘liq va ishonarli yoritib bergan Sharafiddin Ali Yazdiyning fundamental “Zafarnoma” (1425) asari Sohibqironning nabirasi, Sheroz hokimi, shoir va xattot Ibrohim Sultonning rahbarligi, fidoyiligi va homiyligi ostida dunyoga keldi. Bunyodkorlik Sohibqiron davrida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi deyish mumkin. Amir Temur faqat o‘z mamlakatidagina emas, balki boshqa yurtlarda ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgani buning dalilidir. Saltanat poytaxti qilib belgilangan Samarqandni dunyoning eng obod shahariga aylantirdi, ulug‘vorligini ko‘rsatish uchun, atrofida Damashq, Bag‘dod, Misr, Sheroz, Sultoniya kabi dunyoning mashhur shaharlari nomlari bilan atalgan, bog‘-rog‘larga ko‘milgan qishloqlar barpo qildirdi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabasi F.Shodixonova tayyorladi
Mas'ul  ta'lim muassasasi o'qituvchisi: G.Mansur

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry