05.04.2024
358

AHLI SUNNA VAL-JAMO’ADA IYMON TUSHUNCHASI

AHLI SUNNA VAL-JAMO’ADA IYMON TUSHUNCHASI. 
Lafziy   ixtiloflar

Ahli sunna val-jamo’a ulamolari o‘rtasida  iymon rukni ya’ni haqiqati borasida uch xil qarashni ko‘rishimiz mumkin:
    Iymonning rukni (haqiqati, asli): 
Faqat qalb bilan tasdiqlash. Til bilan iqror bo‘lish esa dunyo hukmlaridagi shart. Bunda iymonning rukni bitta bo‘ladi. 
Bu so‘z imom Ash’ariy, jumhur ash’ariylar, imom Moturidiy, moturidiy ulamolaridan bir jamo’asi (Abu Mu’in Nasafiy kabi), Abu Hanifaning bir qavliga ko‘radir. 
Qalb  bilan tasdiqlash va  til bilan iqror bo‘lish.  Bunda tasdiq asliy  rukn bo‘lib, biror holatda ham soqit bo‘lmaydi. Iqror qo‘shimcha rukn bo‘lib, uzrli holatlarda soqit bo‘ladi.  (Iqror - o‘zi eshitadigan darajada shahodat kalimasini aytishlik.)
Bu Moturidiylardagi mashhur so‘z, Abu Haniyfaning mashhur rivoyatiga ko‘ra, aksar moturidiylar (imom Saraxsiy, imom Bazdaviy kabi), jumhur hanafiylar, imom Tahoviy qarashiga ko‘ra iqror iymonning haqiqatiga kiradi, uning rukni, bo‘lagi deyiladi.  
Moturidiylarda til bilan  iqror bo‘li ba’zan ya’ni uzrli holatlarda soqit bo‘lish ehtimoli bor. Masalan: soqov kishi kabi yoki vaqtning kamligi sababidan ya’ni qalban tasdiqladiyu til bilan iqror bo‘lishga ulgurmay vafot etgan kishi yoki qalb bilan tasdiqlab til bilan ham iqror bo‘lish kerakligini  yoki qanday aytishni bilmagan yoki qo‘rqanligi sababidan ayta olmagan kishi kabi. Bunday holatlarda tasdiqning o‘zi kifoya qiladi. Bu xuddi namozda uzrli kishidan qiyom, ruku kabi ruknlar soqit bo‘lishiga o‘xshaydi. 
Ash’ariylarda ham iymon faqat tasdiqdan iborat bo‘lsada, so‘ralgan paytda uzrsiz balki qaysarlik, kibr, arzimas sanashlik tufayli iqror bo‘lishdan bosh tortsa mo‘min hisoblanmaydi. Abu Tolib kabi. Abu Tolib Rasululloh alayhissalomni haq ekanliklarini qalbida tasdiqlagan ammo so‘ralgan paytda iqror bo‘lishdan bosh tortgan. 
Qalb  bilan tasdiqlash,  til bilan iqror bo‘lish hamda arkonlarga amal qilish.  
Imom  Shofi’iy, imom Molik, imom Ahmad, imom Avzo’iy, yana  boshqa ahli hadis va ahli zohirlar hamda ba’zi mutakallimlarning so‘ziga ko‘ra iymonning rukni uchta. Ammo bunda ham amal kufrning muqobilidagi iymonning haqiqati emas, balki komil iymonning rukni deyilgan. Ya’ni tasdiq va iqror topilgan moʻmin amalni tark etsa iymondan chiqmaydi. Bu xuddi xayzli ayol namoz kabi amallarni tark etganda iymoni ko‘tarilib ketmaganiga o‘xshaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi barcha ulamolarimiz qalbida e’tiqod qilib, bo‘ysingan kishini haqiqiy moʻmin ekani, amalni tark etishi iymondan chiqarmasligi shuningdek,  biror uzrsiz qaysarlik yoki takabburlik qilib til bilan iqror bo‘lishni tark etuvchini kofir ekanligiga  ittifoq qilganlar. Iboralar turlicha bo‘lsada,  hukm bir xil. Bunday ixtilofga lafziy ixtilof deyiladi. 
                                                                                                                      S.Muxamedxodjayeva. Aqoid fani  o‘qituvchisi.

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry