20.02.2024
348

SHEʼRIYATI BARCHA TURKIY MILLATLAR, JUMLADAN, OʻZBEKLARNING HAM MAʼNAVIY MULKIGA AYLANGAN MUTAFAKKIR - MAXTUMQULI FIROGʻIDIR

SHEʼRIYATI BARCHA TURKIY MILLATLAR, JUMLADAN, OʻZBEKLARNING HAM MAʼNAVIY MULKIGA AYLANGAN MUTAFAKKIR - MAXTUMQULI FIROGʻIDIR.
Turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻi 1724 yilda Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlogʻida tavallud topadi. 
Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir boʻlgan. U  boshlangʻich taʼlimni oilada oʻz otasidan olgan. Soʻng qishloq maktabida Niyozsolih mulla qoʻlida oʻqigan. Dastlab shoir  Xalach atrofining Qiziloyoq qishlogʻidagi Idrisbobo madrasasida, keyinchalik Buxoroning Koʻkaldosh, Xivaning Shergoziy madrasalarida tahsil olgan. Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy, Navoiy singari mashhur shoirlar ijodidan bahramand boʻlgan. Zargarlik bilan shugʻullangan. Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Samarqand, Turkiston kabi bir kancha shaharlarga sayohat qilgan. 
U  bir qancha lirik sheʼrlar, lirikepik dostonlar, gʻazal va muhammaslar yozgan. Bizgacha uning lirik, falsafiy, pand nasihat harakteridagi 10 ming miyeradan ortiq sheʼrlari yetib kelgan. Uning  sheʼrlarida turkman xalqining hayoti, urf-odatlari, oʻz davrining muhim ijtimoiy siyosiy hodisalari, shoirning ichki kechinmalari teran ifoda etilgan. Masalan, „Boʻlmasa“, „Kelgay“, „Bilan“, „Naylayin“, „Yetmas“, „Bular“, „Ketdi zamona“ va boshqa asarlarni sanash mumkin. Asarlarida turkman urugʻlarini birlashishga chaqirgan. Ular oʻrtasidagi nizo janjallarni tugatishga uringan. 
Koʻp sheʼrlariga Qurʼoni Karim oyatlari, hadisi sharifning mazmun mohiyati singdirilgan. Shoir sheʼrlarida paygʻambarlar, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy singari ulugʻ zotlar juda koʻp tilga olinadi. Shuningdek, Allohga munojot, Rasululloh (sav)ga murojaat ohanglari U  sheʼriyatining eng asosiy tamoyillaridan biridir. „Riyodan, yo Rab“, „Sochdi Muhammad“, „YO Rasul“ va boshqa she’rlari shular jumlasidandir.
Uning  uslubida xalq ogʻzaki ijodiga yaqinlik bor. U turkman xalqining maqol va matallarini, xalq tiliga xos ayrim unsurlarni adabiyotga olib kirishda katta xizmat qilgan. Shoirning purmaʼno misralari turkman millatining hikmatli soʻzlari, aforizmlar qatoridan oʻrin olgan. Maxtumqulining  ijodi Yevropa va rus sharqshunoslari, turkman va oʻzbek olimlari tomonidan tadqiq etilgan; qiyosiy oʻrganilgan. Xususan, Navoiy ijodining uning she’riyatigga taʼsiri va boshqa adabiy taʼsir masalalari tekshirilgan.
Shuningdek Maxtumqulining „Namasan“, „Ayrildim“, „Oshiq boʻlmisham“, „Ustodingdan ayrilma“, „Koʻring“ sheʼrlari Komiljon Otaniyozov, Bobomurod Hamdamov, Ortiq Otajonov tomonidan maromiga yetkazib kuylangan.
U  sheʼriyati barcha turkiy millatlar, jumladan, oʻzbeklarning ham maʼnaviy mulkiga aylangan. Bir necha marta sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlari hofizlar tomonidan kuyga solib aytiladi. U  haqida kinofilm, spektakl va badiiy asarlar yaratilgan.


“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi” boshligʻi G.Maxamedova

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry