06.03.2023
762

Diniy ekstremizmning kelib chiqish sabablari



Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’  deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.   
Qadimdan ma’lumki islom dini O’zbekiston hududlariga 643-644 yillardan boshlab yoyilgan bo’lsa ham bu hududda ne-ne islom dini bilan bog’liq bir nechta asarlar yaratilgandir.Islom ilmlari bizning hududimizga VIII asrda Xuroson (hozirgi Turkmanistonning shimoli-sharqiy qismlaridagi davlat VIII-XIV asrlarda) orqali Movarounnahr (Arablar egallab olgan yerlar- arabcha ,,daryoning narigi tarafi’’ deb o’sha paytlarda Amudaryo va Sirdaryo daryolari orasidagi hududlarga aytilgan)ga kirib kelgan bo’lsa,  IX asrdan boshlab mazkur ilmlar mintaqaning o’zida rivojlandi. Bu davrga kelib, avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to’plami (assihoh as-sita), so’ngra ularning qatorida uch to’plam qo’shilib to’qqiz kitob (alkutub at-tis’a) shakllandi.Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulammolar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi.Islom dini o’sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi islomning jamiyatdagi o’z o’rnini egallashiga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi.Endi savol tug’iladi shunday pok dinni o’zining g’arazli niyatlariga niqob qilib olayotgan insonlarni kim deb atash mumkin. Ular xalifalik qurushni niyat qilishgan ekan. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sollollohu Alayhi Vassalam “xalifalik mendan keyin 30 yildur keyin davlatlar paydo bo’ladi” deb aytganlarini nahot bilishmasa.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bo’lib o’tgan brifingda aytilishicha “Hizbut Harakati Jihod” ‘Da’vat  Ul Irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida O’zbekistonlik (aksariyati Farg’ona vodiysidan) yoshlar Peshovar tumanida joylashgan diniy o’quv yurtlarida “O’qitilmoqda” ekanlar.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Azimova Lobar 
Mas'ul ustoz: Yoshlar bilan ishlash ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi boshlig'i G.  Maxamedova

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry