19.02.2023
747

18 fevral O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashkil etilgan kun.

Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial-demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin boʻladi. „Adolat“ partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga intiladi.

Partiyaga 50411 kishi aʼzo (2005-yil 1-yanvar). Ular 3120 dan ortiq boshlangʻich partiya tashkilotlariga birlashgan. Partiya aʼzolari: 30,1 % — ziyolilar, 24,1 % — ishchilar, 10,3 % — dehqonlar va qishloq xoʻjaligi xodimlari, 11,4 % — nafaqachi va pensionerlar, 10,2 % — xizmatchilar, 7,4 % — tadbirkorlar, 6,4 % — talabalardir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda mamlakatning deyarli barcha shahar, tumanlarida partiya Kengashlari faoliyat koʻrsatmoqda. Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyat partiya tashkilotlari yirik tashkilotlardir. Qurultoy — partiyaning oliy organi. U partiya Siyosiy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Siyosiy kengash doimiy ishlovchi partiya rahbar organidir. „Adolat“ SDPning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 10 deputatdan tashkil topgan. Fraksiya rahbari — partiya Siyosiy kengashi birinchi kotibi D. Gʻ. Toshmuhamedova. „Adolat“ gazetasi partiyaning nashriy organidir.

„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi:

-xuquqiy demokratik davlat qurish;

-mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;

-Vatanga sodiq xizmat qilish;

-adolatli fuqaroviy jamiyat qurish;

-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qoʻshish.

„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 47 ovozga (1998-yilga) ega boʻlib, ular partiyaning parlamentdagi fraktsiyasini tashkil etadi.

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry