15.02.2023
721

Radio kuni

Har yili 13 fevral sanasida dunyo bo‘ylab Butunjahon radio kuni nishonlanadi.

Radio so'zi o'zi nimani anglatadi? Keling, bu haqida bilib oilamiz.

Radio (lotincha radius — "nur") elektromagnit toʻlqinlar orqali signallarni simsiz uzatish texnologiyasidir.

Radio (lot. radio — nurlanaman, nur tarqataman) — 1) axborotlarni radiotoʻlqinlar (elektrmagnit toʻlqinlar) yordamida uzoq masofadan simsiz uzatish va qabul qilish usuli. 1895-yilda A. S. Popov ixtiro qilgan; 2) simsiz uzatish usuliga asoslanib fizik hodisalarni oʻrganish, bu usuldan radioaloqa, radiroeshittirish, televideniye, radiotelemexanika, radiolokatsiya, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, masofadan turib boshqarish (teleboshqarish)da, tibbiyotda va boshqa maqsadlar uchun foydalanish bilan bogʻliq fan va texnika sohasi

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma’lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi.

 

Eng arzon va ommabop aloqa-axborot vositasi sifatida radio jamiyatning barcha qatlam vakillari uchun ta’lim darajasi, irqi, yoshi, moddiy ahvolidan qat’i nazar ularga jamoatchilik muhokamalarida ishtirok etish imkonini beradi.

 

Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta’siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi negizida aloqa-axborot vositalarining yangi avlodlari kompyuter, mobil aloqa vositasi, planshetlar paydo bo‘ldi.

 

Radioning insoniyat hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, 1946 yil 13 fevral – «BMT radiosi» tashkil etilgan kun munosabati bilan 2011 yil YuNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan 13 fevral – Butunjahon radio kuni, deb e’lon qilindi.

Muhim axborot vositasi sifatida radio bugungi kunda nafaqat axborot tarqatish, balki ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar, omma fikrini shakllantirish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.

 

Kun yangiliklarini yoritishda ommaviy axborot vositalari orasida radioni ahamiyatini e’tirof etish, jamiyat hayotida radio mavqeini oshirish hamda mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida yil taqvimi sahifalarida ushbu kun alohida tarixiy sana sifatida belgilangan.

 

Har yili Butunjahon radio kuni munosabati bilan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 500 ga yaqin tadbir tashkil etiladi. Bu esa o‘z navbatida ushbu kunni xalqaro miqyosda keng nishonlanadigan sanalar qatoridan joy olishga zamin yaratmoqda.

 

 

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry