09.02.2023
630

O'limni eslashning fazilati.

Rosululloh sollallohu alayhu vasallam dedilar:"Lazzatlarni mag'lub etadigan narsalarni ko'p zikr qilinglar"
(Abu Hurayradan Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).
Shunda, shahvatlarga bo'lgan maylingiz so'nadi, Olloh Taologa yaqin bo'lasiz.
Rosululloh sollallohu alayhu vasallam dedilar:"Agar hayvonlar ham odam farzandlari darajasida o'limni anglaganlarida edi, ularning semizini yemagan bo'lar edinglar"
(Bayhaqiy rivoyati).
Oisha roziyallohu anho Payg'ambarimizdan so'radilar:
-Ey Rosululloh, mahsharda shahidlar bilan birga tiriladigan kishi ham bo'ladimi?
-Ha, "Bir kecha-kunduzda o'limni yigirma mahal yod etgan banda shahidlar bilan birga tiriladi" dedilar.
Rosululloh sollallohu alayhu vasallam dedilar: "O'lim mo'minga tuhfadir" (Abdulloh ibn Umardan Ibn Abu Dunyo, Tabaroniy, va Hokim rivoyati).
  Darhaqiqat, dunyo mo'minning zindoni. Mo'min kishi bu zindonda nafs shafqatsizliklaridan ozor ko'radi, shahvatlar yuki ostida shayton hujumlaridan aziyat chekadi.O'lim uni o'sha azoblardan ozod etadi. Bu ozodlik esa, mo'min uchun tuhfadir. 
Payg'ambar sollallohu alayhup vasallam dedilar:"O'lim nasihatlanishga kifoyadir".
(Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyati).
Rosululloh sollallohu alayhu vasallam masjidga chiqayotib, suhbatlashib, kulishib o'tirgan odamlarni ko'rib dedilar: "O'limni eslanglar! Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, agar mening bilganlarimni bilganlaringizda, kamroq kulib ko'proq yig'lagan bo'lar edingiz".
Rosululloh sollallohu alayhu vasallam huzurlarida bir kishini eslashib, uni rosa maqtashdi. Shunda Payg'ambar alayhissalom: Do'stingiz O'limni ham eslab turarmidi? -deb so'radilar.
-O'limni eslaganini hech eshitmadik, -deyishdi.
-Demak do'stingiz sizlar aytganday emas ekan,- dedilar.
   Allaqachon o'limga hozirlik ko'rish fursati etganini,dunyoning esa naqadar aldamchi ekanligini teran anglay boshlaganingizda, endi o'limni nomigagina, til uchida eslab, ibrat va ogohlik hosil qilib bo'lmasligini yaxshi bilasiz. Demak, qachonki, qalb dunyo bilan ovuna boshlasa, o'sha zahoti o'limni eslang, aslingizga qaytasiz.

Ismatullaeva Odinaxon

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry