03.02.2023
427

Adashgan bir firqa....

Xashviya firqasi xakida.
Hashviya firqasini muayyan bir firqa deb aytish qiyin. Chunki ular shar’iy dalillarni yaxshi tushunmaydigan turli guruhlar bo‘lishgan. Hashviya firqasi Qur’on va sunnatda kelgan zohiri Alloh taoloning maxluqotlarga o‘xshash ekaniga dalolat qiladigan dalillarni aynan o‘shanday deb e’tiqod qilishga urinadigan firqa bo‘lgan. Bu firqa turli xato qarashlari tufayli “hashviya” deb nomlanib qolgan. Aslida حَشْوٌ  kalimasi “bir narsaning ichiga tiqilgan narsa” ma’nosini anglatadi. Ushbu firqaning bunday nomlanishi haqida uch xil qarash bor: 
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarning ichiga u zot aytmagan so‘zlarni kiritib qo‘yishgani uchun “hashviylar” deb nomlangan. 

2. Ulug‘ tobeinlardan biri Hasan Basriy rahmatullohi alayhning dars halqalariga avom roviylardan bir guruh insonlar kelib, u zotning huzurlarida yaroqsiz gaplarni gapirishgan. Shunda u zot: رُدُّوا هَؤُلاءِ إِلَى حَشَا الْحَلْقَةِ  ya’ni “anavilarni dars halqasining ichiga qaytarib qo‘yinglar”, degan. Shu sababli ular “hashviylar” deb nomlangan. 

3. Bu firqa Alloh taolo haqida فِي حَشْوِ الْعَالَمِ   ya’ni, “olamning ichida” deganlari uchun “hashviylar” deb nomlanib qolishgan.


Muallif: 3-kurs talabasi Sh.Asqarova

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry