30.01.2023
449

Gunoh ma'siyatdan o‘zingizni tiya olmayapsizmi?

#Quroni_Karim_tilovati...

UNUTMANG:

Inson tadabbur bilan Qurʼon oʻqisa, bu uni gunoh-maʼsiyatdan man qiluvchi eng kuchli omillardan boʻladi..

☘Ibn Rajab rohimahulloh aytadilar: 
«Qurʼonni koʻp tilovat qilish, uni tafakkur, tadabbur va tushunish bilan tinglash bandani Alloh taologa yaqinlashtiradigan eng ulugʻ nafl ibodatlardandir».

☘Habbob ibn Arat roziyallohu anhu bir kishiga shunday degan ekanlar: 
«Allohga imkon qadar yaqinlash! Shuni bilgingki, Allohga Oʻzining kalomidan ham suyukliroq narsa
bilan Unga yaqinlasha olmaysan!»

☘Ibn Qoyyim rohimahulloh aytdilar: 
«Qurʼon qalblardagi (shirk, kufr, nifoq va shubha kabi) narsalarga shifo va shayton qalbga soladigan vasvasa, shahvat va buzuq niyatlarni ketkazuvchidir». 

☘Yana u zot aytadilar:
«Qurʼon (maʼnolari) ni bilgan va undagi narsalarga amal qilgan kishi haqiqiy Qurʼon ahlidir, garchi uni toʻliq yodlamagan boʻlsa ham. Ammo Qurʼonni yodlagan-u, lekin (maʼnolariga) tushunmagan va undagi narsalarga amal qilmagan kishi esa Qurʼon ahlidan emas, garchi harflarini maromiga yetkazib chiqarsa ham». 

🍀Shunday ekan ko‘proq Qurʼoni  Karimni tilovat qilish, yodlash va shu bilan birga tushunish, tadabbur qilish, a'mal qilishga harakat qiling...Zero,Qur'on bu - hayot, nur, hidoyat, shifo va ruhdir ...

Akramnazarova Madina

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry