24.01.2023
565

Ilm o‘ganishning fazli

 

Alloh taolo dedi: 

يَرۡفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡعِلۡمَ دَرَجَٰتٖۚ 

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga. koʻtarur», (Mujodala: 11). 

 إِنَّمَا يَخۡشَى ٱللَّهَ مِنۡ عِبَادِهِ ٱلۡعُلَمَٰٓؤُاْۗ 

«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qoʻrqur», (Fotir: 28). 

وَقُل رَّبِّ زِدۡنِي عِلۡمٗا

(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom): «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin», deb ayting», (Toha: 114). 

☘Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 

«Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih, (dinni teran tushunadigan) qilib qoʻyadi». 
(Buxoriy va Muslim rivoyati) 

☘«Kim ilm oʻrganish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini yengil qilib qoʻyadi. Darhaqiqat, farishtalar rozi boʻlgan hollarida tolibi ilm uchun qanotlarini yozib turadilar. Tolibi ilm uchun osmonlaru yer orasidagi narsalar va hatto dengizdagi baliqlar ham istigʻfor aytadi. Tolibi ilmning obidga nisbatan afzalligi, xuddi oyning boshqa sayyoralardan afzalligi kabidir. Albatta olimlar paygʻambarlarning merosxoʻrlaridir. Paygʻambarlar diynor ham, dirham ham meros qoldirmadilar, balki ular ilmni meros qoldirdilar. Bas, kim uni (oʻziga meros qilib) olsa, ulugʻ nasibani olibdi». 
(Ibn Moja rivoyati, Alboniy sahih degan) 

☘«Inson vafot etsa, uning (barcha) amallari uziladi, faqat uchta amalidan (savob yetib turishi uzilmaydi): 
Sadaqayi joriya, foydali ilm va haqqiga duo qilib turadigan solih farzand».
(Muslim rivoyati)

🌼Zero,Ilm - vaqtlarni sarflashga eng loyiq va umrlarni baxsh etishga eng arzigulik ishdir....


Akramnazarova Madina

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry