20.01.2023
630

JADIDCHILIK HARAKATI YETAKCHISI

Taniqli dramaturg, publisist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelga. Mahmujxo‘ja Behbudiyning otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, ushbu atrof-muhit uning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qilgan, qozi, muftiy darajasiga ko‘tarilgan. Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan. Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi.
Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy (1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» (1906), «Kitobat ul-atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Behbudiy 1919-yil Qarshida sayohat davri qo‘lga olinadi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl etiladi. Behbudiy nomi 1937 yilga kelib qatag‘on qilinadi va 1956 yilda oqlanadi.

Muallif: 1-kurs talabasi Z.Abdullayeva
Mas’ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

 

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry