11.01.2023
466

Musulmonlar o'zlariga qarshi urush qilmaganlar bilan jang qilmaydilar


Jihodning sababi- musulmonlarning o'zlariga qarshi urush qilganlarga qarshi urush qilishidir. Musulmonlar o'zlariga qarshi urush qilmaganlar bilan jang qilmaydilar. O'zlariga tajovuz qilmagan biror kishiga tajovuzkorlik qilmaydilar. Alloh taolo jihodga izn bergan qavlida shunday deyiladi: «O'zlariga qarshi urush ochilgan (musulmon)larga ularga zulum qilingani uchun (urushga) izn berildi. Albatta Alloh ularga nusrat berishga o'ta qodirdir. Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh», deganlari uchun o'z diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi ko'plab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bo'lur edi. Albatta, Alloh O'ziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta ,Alloh o'ta quvvatlidir, o'ta izzatlidir» (Haj surasi, 39-40-oyatlar)
Jihod omonlik bilan, diyonatlarning erkinligi bilan, oldin o'tgan zulm bilan, yer yuzida voqe bo'lgan narsa bilan va diyordan chiqarish bilan bog'liqdir. Yuqorida leltirilgan oyat Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hamda u zotning  sahobalariga qarshi mushriklar tomonidan o'n uch yil davomida ko'rsatilgan azob-uqubat, zulm va tazyiqdan keyingina nozil bo'lgan. Fikrlar, qarashlarning qarama-qarshiligi va dinlarning har xilligi tufayli dushmanlik qilish yoki urush qilish mumkin emas. Bu Abu Hanifa, Molik, Ahmad va boshqa jamiki ulamolarning fikridir.
Alloh taolo Baqara surasida: «Va ular bilan to fitna bo'lmaydigan bo'lib, din Allohniki bo'lgunicha jang qiling. Agar to'xtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yo'q», deydi (193-oyat)
Shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Men «Laa ilaaha illalloh», degunlaricha odamlarga qarshi urush qilishga amr qilindim. Kim «Laa ilaaha illalloh», desa, mendan jonini, molini saqlabdi, faqat haqqi bo'lsa, mustasno. Uning hisobi Allohning O'zigadir", deganlar. (Sahihul Buxoriy, Jihod kitobi, 2946) 
Mana shu jihodning g'oyasidir. Bu gaplar faqat mo'min- musulmonlarga qarshi urush qilingandan keyingina kuchga  kiradi.


Tayyorladi: 2 kurs talabasi M.Maqsudxo’jayeva 
Mas'ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

Ziyoli ayol – komil inson murabbiyasidir!
04.03.2026 1
Ayol ma’rifati – jamiyat baxtiOila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ziyosi bo‘lgan ayollar azaldan vafoli yor, mehribon ona, oila boshlig‘ining asosiy maslahatchisi sifatida qadrlanib kelganlar. Onalik naqadar mas’uliyatli va sharafli maqom...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (2-qism)
03.03.2026 1
Shuningdek, manbalarda asarning nomi bir necha xil ko‘rinishda nomlanganini ko‘rish mumkin. Abdulqodir Bag‘dodiy “Xizonatu-l-odob”, Hojjiy Xalifa “Kashfu-z-zunun” kitobida “Navobig‘u-l-kalim” deb zikr qilib o‘tgan bo‘lsa, Suyutiy, Yoqut Hamaviy, Toshko‘prizoda, Sofadiy va...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (1-qism)
03.03.2026 1
AbstraktUshbu maqolada Xorazm faxri, Jorulloh (Allohning qo‘shnisi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Ahmad Xorazmiy Zamaxshariyning hayoti, ilm yo‘lidagi safarlari va ta’lim olgan ustozlari haqida ma’lumotlar berilgan....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry