25.11.2022
539

«XADICHAI KUBRO» AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA «YASHIL MAKON» UMUMINSONIY LOYIHA XABARI

 

 «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida «Yashil makon» loyihasining yakuniy bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24-noyabr kuni Uchtepa tumani, O’rikzor mahallasi, Nurafshon ko’chasi hududiga «Yashil makon» loyihasi doirasida «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan turli tuman mevali daraxt ko'chatlari ekildi.  Ushbu maydon O’rikzor mahallasi, Nurafshon ko’chasi hududagi bolalar maydonchasi yonida joylashgan bo’lib, har xil qurilish va maishiy chiqindilar bilan to’la edi. 

Xadichai Kubro ma’sullari Uchtepa tumani obodolashtirish boshqarmasiga  ushbu chiqindilarni olib ketish uchun amaliy yordam berish  bo’yicha murojaat qildilar. hdi. 

 

Xadichai Kubro ta’lim muassasasi jamoasi Uchtepa tumani obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlariga amaliy yordam uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.                         

«Yashil makon» lo’yihasi rejasiga binoan loyiha davomida, Xadichai Kubro ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan 100tadan ortiq daraxt ko’chatlari ekish rejalashtirilgan edi.  Shundan 20 tup daraxt ko’chatlari ta’lim muassasasi hududiga ekildi. Qolgan daraxt ko’chatlarini yoqorida keltirilgan O’rikzor mahallasi hududiga ekildi. 

O’rikzor mahallasi hududidagi chiqindilardan tozalangan maydonga 90ta daraxt ko’chatlarini ekishda ta’lim muassasasi o’qituvchi-xodimlari, talabalar, shuningdek mahalla ahli faol qatnashdilar. Buni korgan atrofda o’tayotgan otaxon va onaxonlar bunday xayrli ishni boshlaganlarni, hashar qatnashchilarini astoydil duolar qildilar. 

   Hashar davomida ortib qolgan ko’chatlar mahalla ahli bilan maslahatlashib,  O’rikzor mahallasidagi xonadonning tomorqasiga ekildi. 

 

 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, «Yashil makon» lo’yihasi rejasiga binoan muassasa hududiga, muassasa joylashgan mahalla hududiga 100dan ortiq ko’chatlar va gular ekildi. Muassasa jamoasi, talabalar ushbu loyihani qollab-quvvatladilar, faol ishtirok etdilar. Sevimli yurtimiz, yashayotgan makonomiz, oquv muassasamiz haqiqiy yashil makonga aylanishi yo’lida har qancha xizmat qilsak kamdir.

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus

islom ta’lim muassasasi direktori o’rinbosari v.v.b                        M. Vaxidova

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry