18.11.2022
593

JANNAT YO‘LI OSON QILINGANLAR KIMLAR?



     Har yili "Xalqaro talabalar kuni" 17 noyabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1941 yil Londonda fashizmga qarshi kurashayotgan talabalarning uchrashuvi vaqtida joriy etilgan. Ammo bu bayram bir necha yildan so‘ng ya’ni 1946-yildan buyon keng nishonlanib kelinmoqda.
      Aslida islom dini bundan 14 asr oldin talaba ya’ni tolibi ilmning  fazilatini, islomda uning maqomi naqadar baland ekanini bayon qilgan. Alloh taoloning kalomi bo‘lgan Qur’oni karimning ilk oyati  ۞ O‘qi …۞  (Alaq surasi 1-oyat) buyruq bilan boshlanganligi ilm bilan shug‘ullanish eng  muhim ish ekanligini bildiradi. Qolaversa Nabiiy alayhissalom o‘zlarining hadislarida : Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi, Albatta farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo‘yadi. Albatta olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi. Albatta  olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir, payg‘ambarlar dinorni ham dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta ular (payg‘ambarlar) ilmni meros qoldirganlar. Kim o‘shani olsa  ulug‘ nasiba olibdi" dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
  Albatta obidlik solihlarning sifati, ulug‘ maqom, ammo ilm bilan shug‘ullanish undan ulug‘dir. Chunki olim  obidlarni yetaklaydi, ularga halol- haromni tanitadi, haq va botilni ajratib beradi. Insonda ixlos, muhabbat bo‘lsayu ilm bo‘lmasa uni har kim o‘z yo‘liga boshlashi mumkin. Buni turli xil yot g‘oyalarga ergashib ketgan  ilmsiz yoshlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa bugungi glaballashuv davrida xalqning asosini tashkil etadigan yoshlarni din dushmanlarining tuzog‘idan saqlab qolishning yagona yo‘li ilm ekanligini hayotning o‘zi  ko‘rsatib turibdi. Ertaga  bu xalqni, dinni himoya qiladigan olimlar bugungi toliblardir. Kelajakda salohiyatli, o‘tkir ilmli olimlar yetishib chiqishida barchamiz birdek harakat qilishimiz, tolibi ilmlarni ham moddiy ham ma’naviy qo‘llab quvatlashimiz hech bo‘lmaganda ularni haqqiga duo qilishimiz barchamizga lozim bo‘ladi. Bu yo‘lda xizmat qilayotkan ustozlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin, tolibi ilmlarga esa kuch-quvvat va himmat bersin.  

“Xadichai-kubro”  ta'lim muassasasining 2-kurs talabasi Xamidullayeva Rumaysoxon

Другие новости

Ziyoli ayol – komil inson murabbiyasidir!
04.03.2026 1
Ayol ma’rifati – jamiyat baxtiOila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ziyosi bo‘lgan ayollar azaldan vafoli yor, mehribon ona, oila boshlig‘ining asosiy maslahatchisi sifatida qadrlanib kelganlar. Onalik naqadar mas’uliyatli va sharafli maqom...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (2-qism)
03.03.2026 1
Shuningdek, manbalarda asarning nomi bir necha xil ko‘rinishda nomlanganini ko‘rish mumkin. Abdulqodir Bag‘dodiy “Xizonatu-l-odob”, Hojjiy Xalifa “Kashfu-z-zunun” kitobida “Navobig‘u-l-kalim” deb zikr qilib o‘tgan bo‘lsa, Suyutiy, Yoqut Hamaviy, Toshko‘prizoda, Sofadiy va...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (1-qism)
03.03.2026 1
AbstraktUshbu maqolada Xorazm faxri, Jorulloh (Allohning qo‘shnisi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Ahmad Xorazmiy Zamaxshariyning hayoti, ilm yo‘lidagi safarlari va ta’lim olgan ustozlari haqida ma’lumotlar berilgan....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry