03.07.2026
55

“AL-XAROJ” ASARINING HANAFIY FIQHIDAGI O‘RNI

Abu Yusuf rohimahullohning “Al-Xaroj” asarlari moliyaviy va iqtisodiy fiqh sohasida yozilgan eng muhim manbalardan biri bo‘lib, undan keyingi ko‘plab olimlar chuqur foydalanganlar. Ular orasida:

-Yahyo ibn Odam (vafoti 203-hijriy) - “Al-Xaroj” nomli kitob muallifi;

-Ibn Sallam (vafoti 224-hijriy) - “Al-Amvol” asari muallifi;

-al-Balazuriy (vafoti 279-hijriy) - “Futuh al-Buldan” (“Mamlakatlar fathlari”) asari muallifi;

-al-Mavardiy (vafoti 450-hijriy) - “Al-Ahkam as-Sultoniya” (“Hokimiyat qonunlari”) kitobi muallifi va boshqalar bor.

Bu kitob aslida Xalifa Horun ar-Rashid tomonidan Abu Yusuf rohimahullohga yuborilgan yigirma olti savolga javob sifatida yozilgan. Bu savollar asosan davlatning moliyaviy manbalari, ularni sarflash yo‘llari va soliqlarni adolatli tarzda yig‘ish usullari haqida edi.

Abu Yusuf rohimahulloh xalifaning topshirig‘ini katta mas’uliyat bilan bajarganlar va barcha savollarga tushunarli, asosli javoblar yozganlar. Shu tariqa bu risola “Kitab al-xaraj (“Xaroj kitobi”) nomi bilan mashhur bo‘ldi. Xalifaning bu savollarni berishdan maqsadi - o‘z davlatining turli viloyatlarida kechayotgan holatni, ayniqsa moliyaviy sohada, yaxshiroq anglash hamda davlatning huquqlarini ta’minlab, xalqdan zulmni ko‘tarish edi. Abu Yusuf rohimahulloh kitoblarining muqaddimasida bu niyatni ochiq bayon etib shunday yozadilar: “Amirul mo‘minin - Alloh uni quvvatlasin - mendan xaroj, o‘nliklar, sadaqalar va shu kabilar to‘g‘risida amal qilinadigan umumiy qoida jamlangan kitob yozishimni so‘radi. Uning maqsadi odamlar ustidan zulmni ko‘tarish va ularning ahvolini isloh etish edi. Shuning uchun mendan so‘ragan narsalarini bayon qilib, sharhlab berdim.”

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Abu Yusuf rohimahulloh o‘z davrlarining eng bilimdon faqihlaridan biri bo‘lganlar. Ular islomiy sud tizimi tarixida yorqin sahifa yaratgan, va o‘zidan keyingi asrlar davomida fiqh, qozilik hamda iqtisodiy boshqaruv sohalarida chuqur ta’sir ko‘rsatganlar. Ularning boy ilmiy meroslari - avloddan avlodga o‘tib, fiqh olimlari, qozilar va ilm talabalariga bebaho manba bo‘lib xizmat qilgan.

                                   Tayyorladi: ta’lim muassasasi talabasi O.Baxtiyorova

Mas’ul ustoz: ta’lim muassasasi o‘qituvchisi M.Maxamatxanova

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry