06.06.2026
40

Imom Navaviy

 Imom Navaviy

  O‘z zamoning imomi, qutubi, faqihi, muhaddislar ustuni, hofizi, olimi, muhaddisi, shayxulislomi bo‘lgan Imom Navaviyning to‘liq ismilari Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan ibn Husayn ibn Muhammad ibn Jam’a ibn Hizom Abu Zakariyo Navaviy Damashqiy Shofe’iydir. Kuniyalari (kuniya - bu   o‘g‘il yoki qiz ila ota-onaga nisbat berilishidir. Arablarda ismdan ko‘ra kuniya mashhurdir ) Abu Zakariyodir. Imom Navaviy oila qurmaganlar va bolalari ham bo‘lmagan, shuning uchun ham ularga kuniyani   o‘z otalariga nisbat berib qo‘llangan. Shu bilan birgalikda ularga Muhiddin - dinni tiriltiruvchi deb laqab qo‘yilgan. Imomnig   o‘zlari bu laqabni yoqtirmaydi:

“Din o‘lmaydi, o‘lmasa men qanday tiriltirishim mumkin?!” der edilar.

Zamondoshlaridan rivoyat qilinadi: Imomni kim shu labaqab bilan chaqirsa ular u inson bilan do‘stlashmas ekanlar.

Imom Navaviy

 Suriyaning Navo qishlog‘ida 631-yilning muharram oyida (1233-yil)da tavallud topganlar. Onalari yoshlik chog‘ida vafo etganlar. Otalari savdogar bo‘lgan. Imom ilmga qiziqishi yoshligidan bo‘lgan shuning uchun ham u voyaga (bir rivoyatga ko‘ra 10 yoshlarida deyilgan) yetmasdan Qur‘on Karimni yodlab tugatganlar. So‘ngra 18 yoshga to‘lganlarida Damashqdagi “Ravvohhiya” madrasasiga tolib bo‘ladilar. U dargohda 6 yil davomida  12 shayxdan 12 fandan ta’lim olganlar.Yoshligidan ilmga sho‘ng‘igan olim bolalar bilan   o‘ynashni xush k  o ‘rmas edi. Imomning   o ‘zlari Shofiy fiqhiga tegishli “at-Tanbeh” kitobni 4,5 oyda yodlab tugatganlarini aytganlar. Ularni daftarlarini tengdoshlari kitob sifatida ishlatishgan.  

Imom bir mahal suv va bir mahal ovqat yeganlar. Bomdoddan oldin bir qultum suv ichar va  tushlik vaqtida taomlanardi. U zot bular qatorida qalb ishlariga juda e’tiborli edilar, qalblarida biror illat bo‘lsa birinchi bo‘lib uni tuzatishga kirishar edilar. Shuningdek, o‘z toliblariga ham e’tiborli edilar. Tolibni dunyo ziynatlariga aldanib qolishini istamas edilar. Toliblariga doim odma kiyinishni va qalbga e’tiborli bo‘lishni ta’kidlar edilar. Imom yemishlariga juda ham e’tiborli edilar vaqf yerlaridagi dehqonlardan mevalarni adolatsizlik bilan olinayotganligini bilganlaridan keyin, faqat dadalari qishloqdan olib keladigan mevalarni yeydigan bo‘lganlar. Shuningdek, bodringni namligi ko‘p uyqu chaqiradi deb, yemas edilar 

Imom hijriy 631-yili (milodiy 1233-yili)da tug‘ilib, hijriy 676-yili (milodiy 1277-yili)da vafot etganlar. U zot vafot etganlarida otalari hali hanuz hayot b  o‘lganlar. Imomning   o‘limi yaqinlashib ba’zi belgilar ko‘rilgan. Ulardan toliblari aytib beradigani:

“Bir kun Imom bilan edik. Ularni huzuriga bir  g‘assol ayol keldi va Imomga mayyitni yuvishga ishlataladigan chelakni berdi. Imom esa uni qabul qildi. Biz toliblar hayron qoldik chunki Imom shu payitgacha hech kimdan hech narsa olmagan.”

Bu Imomga Alloh taolo tomonidan o‘limligiga ishora qiluvchi alomat edi. Bu hodisadan biroz  o‘tgandan keyin Imom qazo qildi.Imomning qabri hozir Suriyadadir. Imomning qabrini ustidan daraxt   o‘sib chiqqan, terrioristlarni hujumi natijasida daraxtga ziyon tekkan lekin, u ya’na yangidan   o ‘sib chiqqan. Daraxt borligi tufayli maqbarani ustini yopishmagan.

       Imom Navaviy yozgan ba’zi asarlari:

“Sharhi sahihi Muslim”

“Irshod”

“Riyozus solihiyn”

“Arba’in”

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry