Mujodala surasi
Mujodala surasi – Qurʼon karimning 58-surasi boʻlib, Madina shahrida nozil qilingan va 22 oyatdan iborat.
Suraning nomi arabchadan tarjima qilinganda "Munozara" yoki "Tortishuv" degan maʼnoni anglatadi. Bu nom suraning birinchi oyatida zikr qilingan, eri bilan yuzaga kelgan oilaviy muammo (zihor) sababli Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) bilan bahslashgan ayol qissasidan olingan.
Suradan olinadigan foidalar:
• Pinhona suhbatlar (Najvo) odobi: Odamlar orasidagi yomon niyatli, maxfiy pichirlashishlar va fitna qoʻzgʻash maqsadidagi pinhona uchrashuvlar qoralanadi. Suhbatlar faqat yaxshilik va taqvo yoʻlida boʻlishi buyuriladi.
• Majlis odoblari: Solihlar majlisida kelganlarga joy boʻshatish, kengroq joylashish odobi oʻrgatiladi va buning evaziga Alloh taolo bandaning rizqi hamda joyini keng qilib qoʻyishi vaʼda qilinadi.
• Allohning firqasi va shayton firqasi: Suraning oxirida imon keltirgan, Alloh va Uning Rasuliga itoat qilganlar "Allohning guruhi (hizbi)" deb ataladi va ularning najot topishi, kofirlar esa "shayton guruhi" boʻlib, yutqazishi bayon etiladi
Suraning fazilatlari
• Allohni doim yodda tutish: Bu sura Qurʼondagi har bir oyatida "Alloh" lafzi qatnashgan yagona suradir. Uni oʻqigan inson har bir jumlada Xoliqning ismini zikr qilib, Alloh taolo har bir maxfiy suhbat va amaldan xabardor ekanini qalbdan his qiladi.
• Allohning guruhidan (Hizbulloh) boʻlish: Suraning soʻnggi oyatida Alloh va Uning Rosulini yaxshi koʻrganlar mukofoti zikr qilingan. Uni tushunib amal qilganlar dunyo va oxiratda najot topuvchi "Allohning guruhi" degan sharafli nomga loyiq koʻriladi.
• Majlis va muloqot odobini oʻrgatishi: Sura odamlar orasidagi pinhona hasadgoʻylik (najvo) kabi yomon illatlardan qaytarib, oʻzaro suhbatlarda toʻgʻrilikni va majlislarda bir-biriga joy boʻshatish kabi olijanob fazilatlarni shakllantiradi.
• Tibbiy va himoya xosiyatlari (Kattalar va ulamolar tajribasidan)
Manbalarda suraning shifobaxshlik va himoya xususiyatlari haqida quyidagi holatlar tajriba qilingani aytiladi:
• Kasalga shifo: Bemor odam qoshida ixlos bilan oʻqilsa, Allohning izni bilan ogʻriqlar yengillashishi va shifo topishi umid qilinadi.
• Tinchlik va xotirjamlik: Bezovta boʻlib uxlolmayotgan yoki doimiy qoʻrquv, talvasada yurgan kishiga oʻqilsa, ruhiy xotirjamlik baxsh etadi.
• Yomonliklardan himoya: Mazkur surani muntazam tilovat qilib yurish insonni dushmanlarning maxfiy fitnalari, gʻiybat va chaqimchiliklarining zararidan asraydi.
Foydalanilgan manbaalar
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Tafsiri hilol” 3-juz
2. https//islom.uz
3. https//muslimaat.uz
Другие новости
УЗ
РУ
EN
العربية