15.05.2026
66

KAHF SURASI VA UNING FAZILATLARI

KAHF SURASI VA UNING FAZILATLARI

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamd-u sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mukammal va batamom salavot-u durudlar bo‘lsin.

KAHF SURASI

Makkada nozil bo‘lgan. 110 oyatdan iborat.

         «Kahf» so‘zi «g’or» ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari - Robblariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohining zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi shundan olingan.

         «Kahf» surasi Qur’oni Karimdagi «Al-hamdu» bilan boshlangan besh suraning biridir.

         Bu surada qissalarga asosiy urg’u berilgan. Bir yuz o‘n oyatdan iborat bo‘lgan «Kahf» surasining yetmish bir oyati qissalardan iborat. Surai karimada kahfga kirib olgan yigitlar, ikki bog’, Odam va iblis, Muso alayhissalom va solih banda hamda Zulqarnayn qissalari keladi.

         «Kahf» surasida ham Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi aqiydani, fikr va tasavvurni, odob-axloq va qadriyatlarni islomiy yo‘lga solish olg’a suriladi.

         Islom da’vatining mashaqqatli bosqichida – musulmonlarni kofirlar azoblayotgan bir paytda tushgan bu surai karima oyatlari, undagi ibratli qissalar, agar iymon ahli qiyinchiliklarga bardosh bersa, albatta g’olib bo‘lajaklarini anglatadi. Har zamon va har makonda ham iymon ahli sinovga uchrashi, kofirlar vaqtincha ustun kelishi mumkinligini tushuntiradi.

         “Kahf” surasi haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadisi sharif rivoyat qilingan. [1]

         عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَفِظَ عَشْرَ آيَاتٍ مِنْ أَوَّلِ سُورَةِ الْكَهْفِ عُصِمَ مِنَ الدَّجَّال

         Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim «Kahf» surasining avvalidan o‘n oyatini yodlasa, Dajjoldan saqlanadi», dedilar».

Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar.

         

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَرَأَ سُورَةَ الْكَهْفِ فِي يَوْمِ الْجُمُعَةِ أَضَاءَ لَهُ مِنَ النُّورِ مَا بَيْنَ الْجُمُعَتَيْنِ

 

         Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim «Kahf» surasini Juma kechasida qiroat qilsa, unga ikki Juma orasicha nur ziyo sochadi», dedilar».[2]

         Hofiz Abu Bakr ibn Murdavayh Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim “Kahf” surasini juma kuni o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi xatolari kechiriladi”, deganlar. Bu surai karimada har bir inson hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan fitnalar: hokimiyat, podshoh, amaldorlar haqida, mol-dunyo ishqi, dunyo hodisalari, mansab, podshohlik va imkoniyatlar bekamu ko‘st bo‘lishi va boshqa fitnalar haqida ulardan chetlanishi zarurligi xususida bahs yuritilgandir. Demak, har bir inson mazkur fitnalardan omon bo‘lib yurishi uchun ushbu hadisi shariflarga amal qilib, har kuni surai Kahfning avvalidan o‘n oyat, har juma esa avvalidan oxirigacha tadabbur ila tilovat etib turishni o‘ziga vazifa qilib olsa, juda ham yaxshi bo‘ladi. Demak, ushbu juma “Kahf” surasini o‘qishga shoshilaylik. Alloh taolo ushbu kundagi ibodatlarimizni o‘z dargohida qabul aylasin.[3]

 

 

 

         Tayyorladi: M. Alijonova

         Mas’ul ustoz: M. Xodjayeva


 

[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Tafsiri hilol”  3-juz

[2] https//islom.uz

[3] https//muslimaat.uz

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry