17.05.2026
64

          Zulhijja oyining fazilati

                                           Zulhijja oyining fazilati

                                                              

 Alloh taolo nazdida zamon va makonlar fazlda barobar. Bir-biridan ortiq yo kam joyi yo’q. Lekin Oʻzi fazilatli qilgan zamon va makonlar bundan mustasno.

“Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni oʻn ikki oy qilib belgilangan. Ulardan toʻrttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu toʻgʻri dindir. U (oy )larda oʻzingizga zulm qilmang” (Tavba surasi, 36-oyat)

“Va u yerda kim zulm ila yanglish yoʻlga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz” (Haj surasi, 25-oyat).

 

Olimlar ushbu ikki oyatni dalil qilib, muborak zamon va makonlarda qilingan yaxshilik ajr-savobi ko’paytirib yoziladi deydilar.

 

 “Zulhijja”  so`zining ma`nosi “hajning egasi” degan ma`noni anglatadi. Bu oy Alloh taolo urush, qon to`kishni harom qilgan oyning biridir, shuningdek hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir. 

 

 

     Haj amalini ado etish, qurbonlik qilish, Arafa va Qurbon hayitini nishonlash Zulhijja oyining fazilatlaridandir. Bu oyning dastlabki o’n kunida  qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Zulhijja oyining o’n kunidagi amaldan ko’ra afzalroq amal     yo’q” deganlar . Bu oyda tutilgan ro’za ikki yillik gunohlarga kafforot bo’ladi. 

Rasulloh sollalohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to’qqiz kunida ro’za tutardilar. Bu oyda tahlil (La ilaha illalloh Muhammadur rosululloh), takbir (Allohu akbar), Tahmid (Alhamdulillah)ni ko’p aytardilar. 

 

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ibodat qilinadigan biror kun zul hijjaning oʻn kunidan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning roʻzasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir”, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

 

 Muhaddislar Zulhijja oyining avvalgi o’n kunida bajarilgan amallar Alloh taologa boshqa oylarga qaraganda mahbubroq bo’lgani uchun ham fazilatli, deydilar. Zulhijja oyining avvalgi o’n kuni fazilati to’gʻrisida juda ko’plab hadislar vorid bo’lgan. Ayni o’rinda mavzuimiz bilan bogʻliq bir qancha hadislarni keltirish bilan kifoyalandik, xolos. Hadisi shariflarni teran o’rganib, tegishli xulosaga kelgan olimlar Zulhijja oyining avvalgi o’n kunini turli savobli amallar bilan o’tkazishni, ayniqsa, kunduzlarini ro’za tutib, kechalarini ibodat bilan o’tkazishni tavsiya qiladilar. Zulhijjaning avvalgi o’n kuni afzalmi yoki ramazon oyining oxirgi o’n kuni afzalmi, degan masala ustida olimlar bahs munozara yuritishgan. Olimlar, zulhijja oyining avvalgi o’n kunining kunduzi, ramazon oyining oxirgi o’n kunining kunduzidan afzal. Ramazon oyining oxirgi o’n kunining kechasi zulhijja oyining avvalgi o’n kunining kechasidan afzaldir, deydilar. Xususan, zulhijja oyining avvalgi o’n kunida juda ko’p solih amallar bor. “Latoiful maʼorif” kitobida quyidagi naql keltiriladi. Tobeinlardan Abu Usmon Nahdiy rahmatullohi alayh aytadi: “Oldingilar uchta o’ntalikni ulugʻlar edilar: Ramazonning oxirgi o’n kuni, Zulhijjaning avvalgi o’n kuni va Muharramning avvalgi o’n kuni”. Zulhijja oyi o’zida juda ko’p yaxshilik va fazilatlarni jamlagan. Bu kabi holatni boshqa birorta oyda ko’rmaymiz. Zulhijja oyida arafa kuni, nafl ro’za, Qurbon hayiti, qurbonlik, haj, zikrlar, tashriq va shu kabi ko’plab solih amallar bor.

 

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry