04.05.2026
8

Qur’on oyatlari – ilmlar manbai

Qur’on oyatlari – ilmlar manbai

 

Olamlarning Robbisiga hamd-u  sanolar bo‘lsin. Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga salovat-u salomlar bo‘lsin.

Alloh taoloning mo‘jizaviy Kalomi haqida yozar ekanmiz, avvalo Qur’oni Karim insoniyatga berilgan eng buyuk mo‘jizalardan biri ekanini unutmasligimiz kerak. Zero, Qur’on bizni butunlay o‘rab olgan: biz u bilan yashaymiz, u orqali Allohni taniymiz, ruhimizni oziqlantiramiz va hayotimizni shakllantiramiz. Atrofimizdagi mo‘jizalarning barchasi aslida Qur’ondan o‘z aksini topgan.

Shu bois Qur’on bilan bog‘liq har qanday mavzu nafaqat qiziqarli, balki juda foydalidir, deb bildim hamda ush bu maqolamda Qur’ondagi ba’zi mo‘jizalarning bayoni haqida to‘xtalishni maqsad qildim.

Maqolamiz «Bilasizmi?» shiori ostida desam ham boʻladi. 

𓇼 Qur’oni Karimda Alloh taolo nimalar bilan qasam  ichgan boʻlsa, ular oddiy narsalar emas..

 Shams surasi 1-oyat

 

وَٱلشَّمۡسِ وَضُحَىٰهَا ✧

Ushbu oyatda «Quyosh va uning ziyosi bilan qasam» deyilyapti. 

Hayvonlar oʻzlarining koʻpayish mavsumlarini belgilashda quyosh nurining ahamiyati juda katta ekan.

Oʻsimliklardagi fotosintez jarayonida ham quyosh katta ahamiyatga ega. 

Bitta qilib aytganda tiriklik uchun quyosh nurlarining oʻrni juda katta.

  𓇼 ميت soʻzidagi «ي» harakatining ahamiyati..

 

•إنَّكَ مَيِّتٌ وَإنَّهُمْ مَيِّتُنْ ✧

«Albatta, sen ham oʻluvchisan, ular ham oʻluvchidirlar». Zumar 30-oyat

Agar «ي» harfi harakatli va tashdidli boʻlsa, buning ma’nosi «hali oʻlmagan, ammo yaqinda  oʻladigan kimsa» degani boʻladi. So’zdagi «ي» harakatda boʻlgani  kabi u inson ham harakatda.

 

•حُرِّمَتۡ عَلَيۡكُمُ ٱلۡمَيۡتَةُ

«Sizlarga o’limtik… harom qilindi». Moida surasi 3-oyat.

Ammo soʻzdagi «ي» harakatsiz ya’ni sukunli bo’lsa ma’nosi «Ruhi ajrab, oʻlgan, vafot etgan» deganidir. So’zdagi «ي» harakatsiz boʻlganidek u kimsa yoki jonzot ham harakatsiz.

𓇼 Faqat bitta qalb..

 

•مَّا جَعَلَ ٱللَّهُ لِرَجُلٍ مِّن قَلۡبَيۡنِ فِى جَوۡفِهِۦۚ

«Alloh bir kishining ichida ikki qalb yaratgan emas…». Ahzob surasi 4-oyat

Bu oyatda nega aynan «رجل» ya’ni «erkak» soʻzi ishlatildi «ayol» yoki «inson» emas deyilganda..

Ayol kishi homilador boʻlganligi uchun, albatta homilaning ham yuragi bilan ikkta yurak boʻladi-ku! Buni qarang..

Hech kimda ikkta yurak boʻlmas ekan, hattoki birga qoʻshilib bir butun boʻlib tug’ilgan egizaklarda ham. Biri biriga bittadan yurak boʻlarkanu lekin uchta yurak hech qachon boʻlmas ekan.

𓇼 Hech qachon uxlamaydigan sezgi a’zosi..

 

فَضَرَبۡنَا عَلَىٰٓ ءَاذَانِهِمۡ فِى ٱلۡكَهۡفِ سِنِينَ عَدَدًا ✧

«Bas, (oʻsha) g’orda bir necha yil ularning «quloqlariga urib» (uxlatib) qoʻydik». Kahf surasi 11-oyat

Xoʻsh, nega g’orga berkinib olgan yigitlarni uxlatish uchun ularning quloqlariga urildi? Ma’lum boʻlishicha insondagi barcha sezgi a’zolar uxlar ekan. Faqatgina quloq va uning sezish qobiliyati uxlamas ekan.

Oʻylab koʻrsak ham shunday..

Atir sepilgan yoki gaz tarqagan xonada uxlayotgan odam hiddan uyg’onmaydi. Lekin baland ovozda gapirsangiz uyg’onadi.

Shu oʻrinda yana bir go’zal oyatni negizida nima borligini koʻrishimiz mumkin.

«Qiyomat qoim boʻlganida nega aynan sur chalinadi, hid yuborilmaydi yoki teginish va boshqa narsa?» kabi savollar boʻlishi mumkin.

Buning javobi tepadagi jumlalarimizdadir.

Albatta, Alloh taolo nimani xohlasa shuni qiladi, Robbimiz shu narsalarda ham bir kichik belgini bildirgan, sabablarga bog’lab qoʻygan.

𓇼 Suv haqida..

 

•يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمۡ عِندَ كُلِّ مَسۡجِدٍ وَكُلُواْ وَٱشۡرَبُواْ وَلَا تُسۡرِفُوٓا۟ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُسۡرِفِينَ ✧

«Ey odam bolalari, har bir ibodat chog’ida oʻz ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki U Zot isrof qiluvchilarni sevmas». A’rof surasi 31-oyat.

Qur’oni Karimda doim yeyish-ichishdan oldin zikr qilingan. Bu hol yettita oyatda kelgan. Hozirgi zamon tibbiyoti ham shuni isbotladiki, ochlik paytida taom yeyishdan oldin  ichimlik ichish sog’likka zarar ekan.

Shunday qilib, maqolamizga yakun yasasak..

Albatta buni bir katta ijod deb boʻlmaydi, ma’lumotlarni boʻlishdim holos. 

Zarracha boʻlsa ham manfaat bergan boʻlsa xursandmiz.

Aziz oʻquvchi! 

Maqola yakunida sizga ushbu go’zal oyatni taqdim etishni juda xohladim:

 

وَمَآ أَمۡوَٰلُكُمۡ وَلَآ أَوۡلَٰدُكُم بِٱلَّتِى تُقَرِّبُكُمۡ عِندَنَا زُلۡفَىٰٓ إِلَّا مَنۡ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمۡ جَزَآءُ ٱلضِّعۡفِ بِمَا عَمِلُواْ وَهُمۡ فِى ٱلۡغُرُفَٰتِ ءَامِنُونَ

«Na mol dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular “jannat” boloxonalarida omonlikdadirlar». Sab’a surasi 37-oyat.

Bu o‘tkinchi dunyoda ibodat va ilm bilan mashg‘ul bo‘ling, toki oxiratda abadiy najot va saodatga muyassar bo‘lasiz.

 Sevimli yozuvchim aytganidek:

  «Moddiy narsalar ma’naviy narsalardan muhim bo’lganida, jasad yerga ko’milib, ruh osmonga ko’tarilmagan bo’lar edi». Mustafo Mahmud

 

 

Manbaalar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf -

«Tafsiri hilol»

Nozimjon Hoshimjon - «Allohning mo’jizalari»

 

Tayyorladi: Karimberdiyeva M.

Mas’ul Ustoz: Xodjayeva M.

Другие новости

Yasin surasining fazilati
05.05.2026 8
Yasin surasining fazilati Qur’on — musulmonlarning muqaddas kitobi, Alloh taoloning insoniyat uchun yo‘llagan so‘nggi va mukammal kalomidir. U nafaqat diniy yo‘riqnoma, balki hayotning barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan hikmat manbai...
Подробнее
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 10
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 8
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry