05.05.2026
9

Yasin surasining fazilati

Yasin surasining fazilati

 

Qur’on — musulmonlarning muqaddas kitobi, Alloh taoloning insoniyat uchun yo‘llagan so‘nggi va mukammal kalomidir. U nafaqat diniy yo‘riqnoma, balki hayotning barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan hikmat manbai sifatida ham ahamiyatga ega. Qur’on o‘qish musulmonlarning eng oliy ibodatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onni o‘qish orqali inson nafaqat Alloh bilan yaqin aloqada bo‘ladi, balki ruhiy osoyishtalik, gunohlardan poklanish va hayotda to‘g‘ri yo‘l topishga yordam oladi. Unda keltirilgan suralarning oʻziga xos fazilatlari bor. Shu suralardan biri Yasin surasining fazilati haqida gaplashsak.

Yasin surasi 83 oyatdan tashkil topgan bo'lib  Makkada nozil bo`lgan.U Qur’oni Karimga qasam bilan Muhammad sollollohu alayhi va sallamni  haq Payg`ambar ekanliklarini tasdiqlash bilan boshlanib, so`ngra u Zotni yolg`onchi qilgan Quraysh kofirlari va ularning topajak oqibatlari haqida , yana  Alloh taoloning bir qishloqqa yuborgan elchilari va qishloq ahli ularni yolg`onchi qilganlari sababli halokatga duchor bo`lganlari to`g`risida hamda o`sha erdagi iymon keltirganligi sharofatidan Ollohning marhamatiga sazovor bo`lgan Habib an-Najjor ismli bir solih banba haqida hikoyalar keladi. Yana bu surada o`quvchi e’tiborini  kecha bilan kunduzning almashib turishidagi, oy va quyoshdek buyuk sayyoralarning biron soniya tinim bilmasdan o`z fazolarida o`ta nozik intizom bilan aylanib turishlaridagi Yaratganning qudratiga dalolat qiladigan jihatlarga qaratiladi. Bu suraning bir oyatida Sunday marhamat qilinadi:.

 

وَاضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا أَصْحَابَ الْقَرْيَةِ إِذْ جَاءَهَا الْمُرْسَلُون

13. (Ey Muhammad alayhissalom), Siz ularga qishloq ahlini – u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!           

  Quyidagi oyatda so’z  haq yo’liga da’vat qilish uchun Iso alayhissalom tomonidan Rum mamlakatidagi qishloq aholisiga yuborilgan elchilar va ularni yolg’onchi qilganlari oqibatida halokatga duchor bo’lgan qishloq ahli haqida boradi. Bu qissa orqali Qur’on Makka mushriklarini Muhammad Payg’ambar alayhissalomga iymon keltirmaslikning mudhish oqibatlaridan ogohlantiradi.

  Suraning ilk oyati   “Yaa siin"  nomi bilan atalgan bo’lib, uning Qur’oni Karimda tutgan o’rni martabasi haqida Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamdan mana shunday hadisi sharif rivoyat qilingandir. U zot: «Albatta har bir narsaning qalbi bordir. Qur’onning qalbi «Yasin»dir. Men bu surani ummatimdan har bir kishining qalbida bo’lishini istar edim», degan ekanlar.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Har narsaning qalbi bor. Qur’oni Karimning qalbi Yasindir. Kim Yasinni o'qisa, Alloh taolo unga Qur’oni Karimni o`n marta xatm qilganlik savobini yozadi”, deganlar. Imom Termiziy rivoyati

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Yasin surasi Tavrotda “Mu’imma” deb nomlanadi. U sohibi (uni o`qigan)ga dunyo va oxiratda juda ko’p foydalar keltiradi, shuningdek, bir qancha dunyo aziyatlaridan ham uzoq qiladi”, deganlar. Imom Bayhaqiy rivoyati

Ma’qil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qur’onning qal-bi Yasindir. Kim ushbu surani Alloh va oxirat kunini istab tilovat qilsa, uning gunohlari mag`firat qilinadi. Uni o’liklaringizga o`qinglar” Imom Ahmad, Abu Dovud, Hokim, Nasoiy va Ibn Moja rivoyati.

Yasin surasini o’liklaringizga o’qinglar, deb amr qilini-shining sababini ulamolar bunday tushuntirishgan: “Ushbu suraning fazilatlaridan biri shuki, agar u qiyin va og’ir damlarda o’qilsa, albatta, Alloh taolo uni engillashtiradi. Xususan, jon chiqar paytda o’qish rahmat va baraka tushishi hamda (o`lim vaqtida) ruhning chiqishi engillashishiga bois bo’ladi”.

Xulosa qilib aytganda, Yasin surasi nafaqat diniy axloqiy, balki ruhiy va jismoniy salomatlikka ham foydalidir. Uni muntazam o’qish insonning dunyo va oxiratda baxtli bo’lishi uchun katta ahamiyatga ega.

 

 

 Tayyorladi: Nasriddinova O.

Mas’ul Ustoz: Xodjayeva M.

 

Другие новости

Qur’on oyatlari – ilmlar manbai
04.05.2026 8
Qur’on oyatlari – ilmlar manbai Olamlarning Robbisiga hamd-u sanolar bo‘lsin. Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga salovat-u salomlar bo‘lsin.Alloh taoloning mo‘jizaviy Kalomi haqida yozar ekanmiz, avvalo Qur’oni Karim insoniyatga berilgan...
Подробнее
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 10
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 8
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry