07.03.2026
3

TILOVAT ODOBLARI

 

Tilovatdan oldingi odoblar: 

1.Tilovatdan oldin poklanish, pok joyni tanlash, pok kiyim kiyish, avratlarni yopish. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ.فِى كِتَٰبٍ مَّكْنُونٍ  إِنَّهُۥ لَقُرْءَانٌ كَرِيمٌ

Albatta, u Qur’oni Karimdir. U saqlangan kitobdadir. Uni faqat poklanganlargina ushlaydir. (Voqea surasi, 77-79-oyatlar)

2. Misvok ishlatish yoki tishni va og’iz bo’shlig’ini poklovchi boshqa moddalardan foydalanish. Chunki og’iz Qur’onning muborak harflari va kalimalari chiqadigan o’rindir. Bu ish Allohni rozi qilish va Qur’onni ulug’lashdir. Rosululloh shunday deganlar:

عن عائشة قالتأنَّ رسولَ اللهِ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم قال : ( السِّواكُ مَطهَرةٌ للفمِ مَرضاةٌ للرَّبِّ 

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Misvok ishlatish og’iz uchun poklovchi va Robbni rozi qiluvchidir”.

3. Tinch joyda tilovat qilish. Chunki bu holatdagi tilovat asari va foydasi qorining zehni va qalbida yaxshi o’rnashadi, hayol qochmaydi; 

4. Allohning rahmatidan quvilgan shaytonning yomonligidan ‘isti’oza’ lafzlari bilan panoh so’rash va ‘bismilloh...’ni aytish;

فَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ

Qur’on o’qigan chog’ingda, Allohdan quvilgan shayton(sharri)dan panoh so’ra. (Nahl surasi, 98-oyat)

إِنَّهُۥ مِن سُلَيْمَٰنَ وَإِنَّهُۥ بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

Albatta, u Sulaymondandir, albatta, unda: Bismillahir rohmanir rohiym. (Naml surasi, 30-oyat) 

 

Tilovat asnosidagi odoblar: 

1.Tilovat davomida tajvid ahkomlariga qat’iy amal qilish. Bu tilovatdagi odob bo’lish bilan bir qatorda vojib hamdir;

Qur’onni tartil bilan tilovat qil. (Muzammil surasi 4-oyat) 

2.Imkon qadar qiblaga yuzlangan va cho’kka tushgan holda tilovat qilish. Yurtimizdagi ustozlarimiz aynan shu holatda Qur’on o’qishni targ’ib etishgan. Chunki inson ibodatda ham qiblaga yuzlangan va cho’kka tushgan holda bo’ladi; 

3. Tilovat qilinayotgan oyatlarning ma’nolarini tafakkur yuritib tilovat qilish. Bu haqida Alloh taolo aytadi: 

(Ey, Muhammad! Ushbu Qur’on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir’. (Sod surasi, 29-oyat) 

4. Tilovat asnosida oyatning ma’nolarini o’z qalbida his etish, anglash. Masalan, tasbeh o’tsa, tasbeh aytish, gunoh yoki istig’for o’tsa, istig’for aytish, jannat haqidagi oyatlar kelsa, Allohdan jannatni so’rash, do’zax haqida so’z yuritilsa, undan panoh so’rash, solih insonlar zikri uchrasa, ulardek bo’lish va qiyomatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshchiligidagi solihlar davrasida turishni orzu qilish; 

5. Qur’onni xatm qilganda yana boshidan ‘Fotiha’ surasi hamda ‘Baqara’ surasining boshidan besh oyat o’qib qo’yish va duolar qilish. 

Ulamolar fikri

 Imom Navaviy (rahimahulloh):

Qur’on xatm qilingach, yana boshidan boshlash mustahab.

Hanafiy, Shofi‘iy va Hanbaliy ulamolari:

Xatm tugagach Fotiha o‘qish

Keyin Baqara bilan yangi xatmni boshlash  joiz va savobli amal, bid’at emas

 

Tilovatga taalluqli umumiy odoblar:

  1. Qur’onga amal qilish va u bilan xulqlanish; 

“Bu (Qur’on) Biz nozil qilgan muborak Kitobdir. Bas, unga ergashing va taqvodor bo‘ling, shoyad rahm qilinsangiz.”

(An’om surasi, 155-oyat)“Albatta, siz (ey Muhammad ﷺ) ulug‘ xulq ustidadirsiz.”

(Qalam surasi, 4-oyat)

“Albatta, siz (ey Muhammad ﷺ) ulug‘ xulq ustidadirsiz.”

(Qalam surasi, 4-oyat)

Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar:

“Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, unga amal qilganlaringizdir.”

(Imom Buxoriy rivoyati)

 “Robbingning nomini tongda va kechqurun zikr et.”

(Insan surasi, 25-oyat)

Qur’on zikr bo‘lgani uchun, bu oyat ertalab va kechqurun Qur’on bilan vird qilishga ham dalildir.

2. Qur’on ahllari ko’p zikrli, chuqur fikrli, bekorchi ishlardan yuz o’girgan, toat ibodatga rag’batli bo’ladilar; 

3. Qur’onni o’rganish va uning oyatlarini insonlarga yetkazish. Har bir musulmon kishi kamida o’z farzandi va oilasiga Qur’onni o’qish va uning hukmlarini o’rgatishi eng katta baxtdir;

عن عثمان بن عفان: ان رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: خيرُكُم مَن تعلَّمَ القرآنَ وعلَّمَهُ

 Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: ‘Eng yaxshilaringiz Qur'onni o'rganib, uni o'rgatganingizdir’. 

4. Qur’on talaffuzini doim takomillashtirib borish. Ayniqsa biz kabi arab bo’lmagan, ajam xalqlar doimo uni o’qib, mashq qilib, amaliy tajvid malakasini oshirib borishlari lozim. Talaffuzi qiyin o’rinlarni qiroat mutaxassislari ko’rigidan o’tkazib, to’g’irlab borish maqsadga muvofiqdir; 

5. Har bir musulmonning har kunlik Qur’ondan o’qib turadigan vazifasi bo’lishi lozim. Kamida har kuni bir juzdan o’qib turishga odatlanilsa, maqsadga muvofiq. Shunda bir oyda to’liq xatm bo’ladi;

6. Tungi namozda yodlagan suralarni ‘zam sura’ qilish. Bu ish sunnatdir; 

7. Qur’ondan doim yodlab borish va yodlanganlarini takrorlab turish; 

8. Qorinni haromdan, tilni bekorchi gaplardan, qo’lni gunohga tegishidan, oyog’ini gunohga borishidan tiyish. 

Tayyorladi: Fatxullayeva Iroda 

Mas‟ul ustoz: Xodjayeva Munisa 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Qur’oni Karim. 

2. Imom Buxoriy. “Sahihi Buxoriy”. 

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri Hilol”. – Toshkent: “HILOL-NASHR” nashriyoti, 2023. 

4. Jahongir Ubaydulloh. “Qiroat va tajvid fanidan qo‟llanma”. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2020. 

5. Gulrux Mirzo qizi. “Mukammal ko‟rgazmali tajvid”. – Toshkent: “G‟afur G‟ulom” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2021.

Другие новости

“Tuhfatul atfol” asari haqida
20.03.2026 5
Qur’oni karimni nozil qilgan, uni maxsus qoidalarga to’liq rioya etib o’qishni buyurgan va tilovati uchun behisob ajr-u savoblarni va’da qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin. Qur’on qorilarining ustozi Payg’ambarimiz...
Подробнее
“ALBATTA AMALLAR NIYATGA BOGʻLIQDIR”
15.03.2026 3
Diniy ekstremizm deganda, dinni niqob qilib, zo‘ravonlik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, uni o‘zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlar tushuniladi.Diniy ekstremizm doimo terrorchilik va aqidaparastlik bilan yonma-yon yuradi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bir...
Подробнее
Blessings of Ramadan
11.03.2026 3
Assalamu alaykum wa rahmatullahi wa barakatuh All praise is due to Allah, and may the peace and blessings of Allah be upon our Prophet Muhammad (peace and blessings of Allah...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry