15.03.2026
4

“ALBATTA AMALLAR NIYATGA BOGʻLIQDIR”

                        

         Diniy ekstremizm deganda, dinni niqob qilib, zo‘ravonlik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, uni o‘zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlar tushuniladi.
Diniy ekstremizm doimo terrorchilik va aqidaparastlik bilan yonma-yon yuradi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bir necha yillar davomida xukmronlik qilgan diniy aqidaparastlik, xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizmning ildiz otishiga shart-sharoit yaratib bergani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Buning oqibatida qancha begunox odamlar qurbon bo‘lgani, ularning insoniy xuquqlarini toptalgani, sanoqsiz oilalar boshpanasiz qolgani jahon jamoatchiligining bu illatlarga qarshi birgalikda kurash olib borish zaruriyatini yanada kuchaytirmoqda.
Ekstremistik g‘oyalar birinchi navbatda islomda buyurilgan jihodni sabab qilib ko‘rsatishadi. Aslida jihod so‘zi diniy ma’noda «Alloh xohishini bajarishda bor kuchini sarflash, harakat qilish» ma’nosini bildiradi. Bundan kelib chiqib «mujohid» degani –Allohning hukmlarini amalga oshirishda bor imkoniyatdan foydalanib kuchini sarflaydigan kishiga aytiladi. Qo‘l jihodi-qonunbuzarlikni to‘xtatishga qaratilgan harakat, qalb jihodi-o‘z nafsi bilan kurashish, til jihodi-amri ma’ruf nahyi munkar, yaxshilikka chaqirish yomonlikdan qaytarish, So‘z yoki qalam jihodi  diniy targ‘ibot va ma’rifat tarqatish harakati, dinni turli hujumlardan saqlash va h.k. bu ma’noda  jihod - musulmonning barchaga mumkin bo‘lgan va ahdlarga vafo qilgan, o‘zi yashab turgan mamlakatni qonunlariga rioya qilgan holda bajarishi lozim bo‘lgan  shaxsiy ishi va diniy majburiyati (farz)dir. Bosqinchilik va birovga hujum qilish islomda man qilingan. Tashqaridan hujum, bosqinchilik, qaroqchilik yuz berganda, o‘zini himoya qilish va mudofaa urushi – jihod, qilich jihodi deb aytiladi. Ya’ni o‘zini himoya qilish, «muqaddas urush» butun jamiyatning, xalqning o‘zlarining diniy huquqlarini himoya qilish, o‘z Vatanini himoya qilish, qarindoshlarini, oilasini, mulkini himoya qilish huquqi- shaxsiy huquqdir. Muqaddas kitobimiz Qur’onda shunday marhamat qilinadi.

 «Bas Kim sizlarga tajovuz qilsa sizlar ham ularga tajovuzlari muqobilida tajovuz qiling.» (Baqara surasi 194 oyat).

Musulmonga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, oshkora agressiya paytida o‘zini, oilasini himoyasi uchun zolimga qarshilik ko‘rsatish farz hisoblanadi. Buning uchun maxsus jihod e’lon qilish va butun dunyoga islom nomidan kurash e’lon qilish shart emas – o‘zining shaxsiy hayotini saqlash uchun zolimga qarshi kurashning o‘zi Allohning irodasini bajarishdir. Agar himoya qiluvchining niyati xolis bo‘lsa u - mujohid, agar halok bo‘lsa shahiddir. 

 Madinaga ko‘chib kelganlaridan keyin, Muhammad sav tarixda birinchi musulmon davlatiga asos soldilar.  Va faqat ushbu davlatning rasmiy doimiy armiyasi  sifatida musulmonlar o‘zlariga qarshi zulm qiluvchi dushmanlar qo‘shiniga qarshi, jang boshladilar. Payg‘ambar sav qo‘shinni jangga yuborishayotganda ularni faqat musulmonlarga qarshilik ko‘rsatayotgan, qurol ushlagan dushman bilangina jang qilishga ogohlantirar edilar. Tinch aholini, diniy xizmatchilarni o‘ldirish man qilingan edi, shuningdek hayvonlarga, ekinlarga va daraxtlarga ziyon yetkazmaslik buyurilar edi.

    Shariatga, zabardast Islom ulamolarining fatvolariga  muvofiq  tarix davomida butun xalq uchun, mamlakat uchun, davlat uchun kuchga ega Qilich jihodini e’lon qilish huquqiga faqat musulmonlar rahbari yoki musulmonlar yashaydigan davlat rahbari  ushbu mamlakatning yuqori darajadagi olimlari bilan maslahatlashgan xolda ega bo‘ladi.

    2001 yil 20 aprel (Nyu-Yorkdagi sentyabr voqealaridan oldin) Saudiya Arabistoning bosh muftiysi Abdul-Aziz Ash-Shayx Xudkush terroristlik aktlarini man qiluvchi fatvoni e’lon qilgan edi. Unda: «Bunday ish Shariat tomonidan oqlanmaydi va Xudo yo‘lida jihod deb hisoblanmaydi» deyilgan. Yana bu fatvoda «Samolyotlarni egallab olish, undagi kishilarni garovga olish - Shariatga ziddir» deb belgilab qo‘yilgan. 2007 yil sentyabr oyida mazkur muftiy islom faollarini jihodda qatnashish maqsadida xorijga chiqmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga qaraganda: jihod bo‘layotgan joyni o‘zicha belgilash man qilinadi, u yerga jangovar harakatlarda qatnashish jo‘nab ketish man qilinadi.    Ayni mana shuning uchun shariatga zid ravishda jihod, ya’ni yolg‘on jihod e’lon qilgan o‘zboshimcha firqalar harakati Payg‘ambar sav misollarida, Sunniy Islom ta’limoti bilan hech bir umumiylikka ega emas. Bu ularning g‘ayri dinlarga qarshi bosqinlari va islomga qarshi isyonlaridir.

Shunday zkan, jihod qilich yalang‘ochlab, qurol ko‘tarish emas yoki boshqa odamlarni shu qabih yo‘lga yo‘llash emas, balki qalam egasi qalami bilan , ilm sohibi ilmi bilan, ayol tarbiyasi bilan, farzand itoati va odobi bilan Alloh taoloni buyurganlarini bajarib, qaytariqlaridan qaytishda jiddu jahd qilishdir. Bu borada nafsiga qarshi chiqish esa jihodlarining eng kattasidir.

 

 

Другие новости

“Tuhfatul atfol” asari haqida
20.03.2026 5
Qur’oni karimni nozil qilgan, uni maxsus qoidalarga to’liq rioya etib o’qishni buyurgan va tilovati uchun behisob ajr-u savoblarni va’da qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin. Qur’on qorilarining ustozi Payg’ambarimiz...
Подробнее
Blessings of Ramadan
11.03.2026 3
Assalamu alaykum wa rahmatullahi wa barakatuh All praise is due to Allah, and may the peace and blessings of Allah be upon our Prophet Muhammad (peace and blessings of Allah...
Подробнее
TILOVAT ODOBLARI
07.03.2026 3
Tilovatdan oldingi odoblar: 1.Tilovatdan oldin poklanish, pok joyni tanlash, pok kiyim kiyish, avratlarni yopish. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ.فِى كِتَٰبٍ مَّكْنُونٍ إِنَّهُۥ لَقُرْءَانٌ كَرِيمٌAlbatta, u Qur’oni...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry