18.01.2026
5

O‘Z JONIGA QASD QILISH OG‘IR JINOYAT

                               

Inson boshqa jamiki narsalardan mumtoz, hamma mahluqotlardan eng ulug‘idir. Inson ulkan izzat va hurmatga loyiqdir.Alisher Navoiy o‘zining «Vaqfiya» asarida, «Butun osmon va osmondagi jami narsalar, butun er yuzi va er yuzidagi jami narsalar, hamma dengizlar va unda mavjud bo‘lgan hamma narsalar, hamma mamlakatlar va ularda bor jami ne’matlar - bari, eng yaxshi narsalar inson uchun, uning baxt-saodati uchun yaratilgan, bularning jami - insonga xizmat qilmog‘i kerak» deb yozgan edi. Insonning mukarramligining yana bir jihati  aql-idrok va tafakkurga ega bo‘lganligidadir. Aql-idrok sohibi bo‘lganligi uchun u ikki dunyodagi voqealarni bilishga urinadi, ilmu-tafakkuri, dahosi, mehnati, salohiyoti bilan dunyoni boshqaradi. Insonda buyuk mutafakkirlarimiz ta’kidlaganlaridek, bebaho marvarid – aql-zakovat mavjud. Unda tabiat va jamiyatning sir-asrorlarini va yuksak cho‘qqilarini bilish qobiliyati jamul-jamdir.
Barcha ilohiy va mumtoz asarlarda inson qadri odam zotining Allohning eng buyuk mo‘‘jizasi sifatida ulug‘lanishi, har tomonlama munosib qadr-qimmat topishini anglatadi. Islom insonlarni bir-biriga zarar etkazishlikdan va o‘zini ham qiyinchilikka solishlikdan qaytaradi.Inson o’ziga  ato etilgan hayot ne’matini qadrlamog’i lozim. Ming afsuslar bo’lsin,hayotining qadriga yetmaydigan insonlar ham borki, o’z jonlariga qasd qilish holatlariga  guvoh bo’lib qolamiz.
Qur’oni Karimda o‘z joniga qasd qilish eng katta gunohlardan ekani ta’kidlangan: “O‘zlaringizni-o‘zlaringiz o‘ldirmangiz albatta Alloh sizlarga rahm shavqatlidir” . Va yana “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” . O‘zini-o‘zi o‘ldirish Islomda qattiq qoralanadi. Bu ish musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ish bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish Alloh taoloning qazoi qadariga norozi bo‘lish, u bergan hayot ne’matiga nonko‘rlik qilish osiylik va irodasizlikdir. O‘zini o‘ldirish musulmonlarga hos bo‘lmagan qo‘rqoqlik va nomardlikdir.
Abu Hurayra r.a. rivoyat qilgan hadisi sharifda esa o‘zini o‘ldirgan kishining jazosi yanada ravshanroq yoritilgan: “Kim o‘zini bir temir parchasi bilan o‘ldirsa, qiyomat kunida jahannam o‘tida temirlar parchasi qo‘lida, abadiy ravishda u bilan o‘zini o‘ldirib azoblanib yotadi. Kim zahar ichib o‘zini o‘ldirsa, doimiy ravishda zaharlanib jahannam o‘tida azoblanadi. Kim o‘zini tog‘dan tashlab yuborsa, doimiy ravishda jahannam o‘tida o‘zini tashlab o‘ldirib azoblanadi.”
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Alloh taolo hadisi qudisiyda marhamat qilurki, “Bandam o‘zini o‘zi o‘ldirib men unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy xarom qildim”. Va yana boshqa bir hadisda imom Buxoriy  Jundab (r.a.) dan rivoyat qiladilar: Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Bir odamning jarohati bor edi. U o‘zni o‘zi o‘ldirdi, shunda Alloh azza va jalla: “Bandam mendan avval joni haqida o‘zi shoshqoloqlik qildi, Men unga jannatni xarom qildim”, -dedi deganlar. 
Imom Buxoriy abu Hurayra (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam: “O‘zini o‘zi bo‘g‘gan do‘zahda ham o‘zini bo‘g‘ib turadi. O‘ziga o‘zi pichoq urgan do‘zahda ham pichoq urib turadi”, deganlar. Demak o‘zini o‘zi o‘ldirgan odam do‘zahga tushishda shubha yo‘q. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, islomda insonning o‘z joniga qasd qilishi gunohi kabiralar (eng og‘ir gunohlar)dan sanalib do‘zaxiy bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan.
Ibni Sirin (r.a.)aytadilar: “O‘zini halokatga tashlash Alloh taoloni rahmatidan umidsizlik belgisidir”. Imom Nasafiy aytadilar “Ba’zi johillar kabi odam o‘zini o‘zi o‘ldirmasligi kerak”. 
Jobir ibn Samura (r.a.) dan rivoyat qilinadi. “Nabiy sallollohu alayhi vasallamga o‘zini  mishqoslar bilan o‘ldirgan odam olib kelindi. Bas u zot unga janoza o‘qimadilar”. Hadisdagi “mishqos”dan murod - keng tig‘li pichoqqa o‘xshash narsa. Nabiy sallollohu alayhi vasallam o‘zini o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qimaganliklari bu odamning qilgan noma’qulchiligi uchun munosib jazodir. Oxiratda esa alohida jazo bo‘ladi. O‘z joniga qasd qilgan inson Alloh taolo rahmatidan uzoq bo‘lib, oxiratda hadislarda keltirilganidek, abadiy azob uqubatda bo‘lish bilan birga har bir musulmonning gunohlarini kafforat bo‘lishiga sabab bo‘ladigan janoza namozidan ham mahrum qilinar ekan. 
Hayot atalmish aziz ne’mat inson uchun berilgan eng qadrli omonatdir. Shuningdek, u Alloh taolo tomonidan bizlarga topshirilgan imkoniyat va mas’uliyat hamdir. Har inson bu ne’matni asrab avaylashi, unga hiyonat qilmasligi kerak, aks holda eng og‘ir jinoyatga qo‘l urgan bo‘lib, o‘z zimmasiga katta gunoh orttirgan bo‘ladi.

                                                               

  Ta'lim muassasasi hadis fani o'qituvchisi J.Jamol qizi

Другие новости

“Tuhfatul atfol” asari haqida
20.03.2026 6
Qur’oni karimni nozil qilgan, uni maxsus qoidalarga to’liq rioya etib o’qishni buyurgan va tilovati uchun behisob ajr-u savoblarni va’da qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin. Qur’on qorilarining ustozi Payg’ambarimiz...
Подробнее
“ALBATTA AMALLAR NIYATGA BOGʻLIQDIR”
15.03.2026 5
Diniy ekstremizm deganda, dinni niqob qilib, zo‘ravonlik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, uni o‘zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlar tushuniladi.Diniy ekstremizm doimo terrorchilik va aqidaparastlik bilan yonma-yon yuradi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bir...
Подробнее
Blessings of Ramadan
11.03.2026 5
Assalamu alaykum wa rahmatullahi wa barakatuh All praise is due to Allah, and may the peace and blessings of Allah be upon our Prophet Muhammad (peace and blessings of Allah...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry