16.01.2026
49

Makka fathidan so’ng “hijrat yo’q”

                         

      Jaholat ilmsizlik barcha davrlarda, xossatan Islom dinida qattiq qoralangan bo’lib,u  insonni tubanlikka va jamiyatning buzilishiga olib boradigan omillardan biridir. Ilm olish, ma’rifat hosil qilish esa insonni yuksaklikka ko’tarib, uni ikki dunyo saodatiga erishmog’iga sabab bo’ladi. Hozirgi dunyoda jamiyat ichida xalq farovonligi va tinchlikka rahna soluvchi fitnalarning avj olishi va begunoh qonlarning nohaq to’kilishiga ham aynan ilmsizlik, dinning aslidan uzoqlashish, oyatlar va hadislarni zohiriga qarab hukm chiqarish, hadislarni “nosix” va “mansux”larini bilmaslik, mazhabboshilar, shariat ahkomlarini va  uning fiqhiy asoslarini  yoritib ketgan mujtahid ulamolarning so’zlarini mensimaslik asosiy sabablardan biri bo’lyapti desak mubolag’a bo’lmaydi.

   Hozirgi vaqtda ayrim firqalar tarafidan hijrat masalasi noto’g’ri talqin qilinib, hatto u farz darajasiga olib chiqilib hijrat qilmaganlar takfir masalasida ayblanmoqdalar.

Xo’sh hijrat o’zi nima? U hozir ham farzmi?

“Hijrat” bu- arab tilidan olingan so’z bo’lib “ko’chish” degan ma’noni anglatadi. Dastlab, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga va sahobalarga Makkadan Madina shahriga hijrat qilish farz bo’lgan. Madina shahrida musulmonlar soni ko’payib Islomning quvvatiga quvvat qo’shiladi va shu diyorda Islomiy davlat barpo bo’ladi. Bu davrgacha Makkadan va boshqa o’lkalardan ko’plab musulmonlar, hatto ularning zaifhollari ham hijrat qilib Madinaga keladilar. Bir necha yillardan so’ng Alloh Taolo mo’minlarga o’z nusratini berib Makkani fath qiladilar va shundan so’ng hijrat qilish hukmi bekor bo’ladi. Bu borada ko’plab sahih hadislar kelgan bo’lib, bu hadislar hijrat qilishni farzligi hukmini va bu borada kelgan hadislarning hukmini bekor qilgan. Sahihul Buxoriyda “Makka fathidan so’ng hijrat yo’q” degan hadis rivoyat qilingan va bu hads bizlarga hijratning hukmini bekor bo’lganligini anglatadi.

    Bir yurtda ibodatlar emin erkinlikda bajarilayotgan bo’lsa, u yurtdan o’zga yurtga hijrat qilinmaydi. Tarixdan ma’lumki, o’tmishda yashab o’tgan mutafakkir ulamolarimiz yurtimizni mo’g’ullar va ruslar istilo qilgan og’ir davrlarda ham o’z yurtlarini tashlab hijrat qilib ketmaganlar. Balki, o’z yurtlarida ilm-u ma’rifat tarqatish yurt farovonligini tiklash bva yurt failan mashg’ul bo’lganlar.

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry