25.02.2026
13

OTA-ONA BOSH TOJI


Agar ota-onaning yolg‘iz qiz farzandi bo‘lib, u turmushga chiqqanda ham ota-onasidan xabar olib turishi majburiy. Erining bunga ruxsat bermasmaslikka haqi yo‘q. Lekin eri unga ota-onasini boqishi uchun pul berishga majbur emas. Ayol kishi o‘zi pul topa olsa ota-onasini boqadi. Erkak bunga qarshilik qilmaydi. Sababi qizdan boshqa ota-onasini boqadigani yo‘q. 
Agarda qiz pul topolmasa, u holda ota-onani boqish boshqa yaqin qarindoshlarga ketma-ketlikda vojib bo‘ladi. Masalan, ota-onani aka-ukalari, opa-singillari, jiyanlari. Ularning qarovsiz qolib ketishi mumkin emas, dinimizda hamma bir-biriga mas’ul qilib qo‘yilgan. Qay bir qarindoshning sharoiti yaxshi bo‘lsa, yaqinligi va boy ekaniga qarab farz bo‘laveradi. Hamma qo‘lidan kelgan xissasini qo‘shadi. Chunki ular ham merosxo‘r xisoblanishadi. 
Agar qizning otasi kasal bo‘lib yotib qolgan bo‘lsa, u albatta, bitta erkak yordamchi chaqirib qaratirishi kerak. Erkak qarindoshlar ham qarashi va bundan qochmasligi kerak.  Agar erkak qarindoshlar yo‘q desa ayolning puli ham bo‘lmasa otasining avratiga imkon qadar qaramagan holatda parvarishlashga majbur. Yaqin erkaklar qaramagani uchun gunohkor bo‘ladi. Musulmon odam bunday ahvolda qolib ketmasligi, unga qarash lozim.
Kambag‘al ota onaning balog‘atga yetgan va shariat jihatidan boylik darajasiga yetgan bir o‘g‘il, bir qizi bo‘lsa ularni nafaqa bilan ta’minlash har ikki farzandning zimmasiga barobar vojib bo‘ladi. Aytaylik, qiz boy bo‘lsa-yu, o‘g‘il farzand kambag‘al bo‘lsa ota-onani boqish qizning zimmasida bo‘ladi. O‘g‘il boy bo‘lsa lekin qiz kambag‘al bo‘lsa o‘g‘il farzand ota-onani boqadi. Shariat jihatidan kimlar boy kimlar faqir sanalishi fiqh kitoblarimizda batafsil keltiriladi. 
Nisobga yetgan o‘suvchi molga ega bo‘lgan odam boy sanalib, unga zakot farz bo‘ladi. Bundan tashqari u qurbonlik qilishi, fitr sadaqasi berishi va yaqin qarindoshlarini boqishi ham farzdir. Bu kishi zakot olishi haromdir. 
Nisobga yetgan moli bor-u lekin moli o‘suvchi bo‘lmasa u odam ham boy sanaladi lekin zakot farz bo‘lmaydi. Chunki zakot o‘suvchi moli borlarga farz bo‘ladi. Bu odam boylikning ikkinchi darajasidagi shaxs sanaladi. U zakot bermasa-da qurbonlik qilishi, fitr sadaqasi berishi va yaqin qarindoshlarini nafaqa bilan ta’minlashi farzdir. Bu kishi ham zakot olishi haromdir. 
Nisobga yetgan moli yo‘q odam faqir sanaladi. U zakot bermaydi, qurbonlik qilmaydi, fitr sadaqasi bermaydi, xotini va bolalaridan boshqa kishilarni nafaqa bilan ta’minlamaydi. Zakot va sadaqa olishga haqli bo‘ladi. 
Demak farzandlar faqir bo‘lmasalar ota-onalarini boqishlari shariatimizga ko‘ra farzdir. 
Bir faqir odamni boqish quyidagi tartibda yaqinlar zimmasiga farz bo‘ladi:
1. Birinchi navbatda o‘g‘il va qizlariga farz bo‘ladi. 
2. O‘g‘il va qizlarning farzandlariga
3. Aka-ukalariga
4. Aka-ukalarining farzandlariga 
5. Amakilariga
6. Tog‘alariga
7. Amakining o‘g‘illariga 
8. Opa-singillariga
9. Opa-singillarning farzandlariga
Shu tartibda qarindoshlar zimmasiga yaqin qarindoshni boqib olish shariat qozisi tarafidan yuklanadi. Boqmasa majbur qilinadi. Shariatimizning ushbu hukmlari ijtimoiy himoyaning eng yorqin ko‘rinishidir. Islomda bolalarni bolalar uyiga, ota-onani qariyalar uyiga joylashtirish degan tushuncha yo‘q va bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Muqaddas dinimizda bolalarini katta qilib, yaxshi tarbiya qilgan ota-onalarga ko‘plab xushxabarlar beriladi. Shuningdek ota-onaga yaxshilik qilishga chaqiriladi. Onalar oyog‘i ostida jannat degan hadisni hammamiz yaxshi bilamiz. Otaning roziligi Allohning roziligiga teng qilingan hadislar ham talaygina. Har bir musulmon kishi o‘zining zimmasidagi ishini farz o‘laroq va hamda Alloh roziligini topish uchun sidqidildan bajarmog‘i lozim.

Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va 
Xadichai Kubro ayol- qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
katta o‘qituvchisi Surayyo Ibragimova

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry