18.12.2025
78

Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari

Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari

“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining guvohi bo‘ladi.

Shuningdek, turli aqliy dalillardan ham istifoda qiladi. Imom Marg‘inoniy fiqhiy masalaga dalil keltirishda ba’zi dalillarni keltirish bilan kifoyalangan. Barcha o‘rinlarda dalillarni cho‘zmasdan, muxtasar holda bayon etishga harakat qilgan. Bir nechta o‘rinlarda mazkur masala bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olish uchun “Kifoyatul muntahiy” asarini tavsiya qilgan. Shuning uchun ham “Hidoya” asari “Bidoyatul mubtadiy”ning muxtasar sharxi hisoblanadi.

Shu e’tibordan biror fiqhiy masala yoki qavl borasida hanafiy ulamolarning dalillarini to‘liq bilishni iroda qilgan kishi hanafiy mazhabi bo‘yicha keng va batafsil yozilgan kitoblarga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

Imom Marg‘inoniy “Hidoya” asarida ko‘pincha biror masala borasida kelgan nassning illatini mazkur masalaning asliga mustaqil dalil qilib keltiradi. Bundan ikkita foyda — ya’ni, bir fiqhiy masalaning ikkita shar’iy dalili borligini isbotlab beradi.[1]

Ko‘pincha Imom Marg‘inoniy “Hidoya” asarida biror fiqhiy masalaning hukmini hanafiy mashoyixlarning qavllariga bog‘laydi. Go‘yoki mazkur masalada mashoyixlarning qavllari dalil sifatida olingan. Lekin Imom Marg‘inoniy mazkur mashoyixlarning ismlarini ochiq zikr qilmaydi. Bu mashoyixlarning ismlarini “Hidoya” asariga sharh yozgan olimlar zikr qilishgan.

Ba’zi o‘rinlarda sunnatdan dalil keltirgan vaqtda uning “sahih” ekanini quyidagicha vasflaydi:

“Haqiqatda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mana shunday qilgani yoki mana shunday degani sahih rivoyat bilan sobit bo‘lgan”.

Ba’zi o‘rinlarda boshqalarning dalil sifatida keltirgan hadislarini munoqasha qilish asnosida ularni zaif deb hukm qiladi. Masalan, “Vasiyat” kitobida aytadi:

 “Bu borada rivoyat qilinadigan hadis zaifdir”.

Ma’lumki, Imom Marg‘inoniy muhaddis, hofiz va mujtahidlik darajasi uchun zarur bo‘lgan sakkizta ilmni o‘zida jamlagan allomadir.

Imom Marg‘inoniy “Hidoya” asarida turli fiqhiy masalalarga 1540 ta hadis va osorlarni dalil qilib keltirgan.

Imom Marg‘inoniy “Hidoya” asarida ko‘pgina o‘rinlarda fiqhiy masalaga dalil keltirishda sahobiyning qavliga suyangan. Jumladan, chigirtkaning hukmi borasida Aliy roziyallohu anhuning qavlini dalil qilib keltirgan:

“كُلْ كُلَّهُ”   “Barchasini yegin”.

Shuningdek, musofirga qurbonlik so‘yish vojib emasligini Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoning fe’llarini dalil qilib keltirgan.

Tayyorladi: ta’lim muassasasi talabasi D.Hamidova 

Mas’ul: ta’lim muassasasi arab-tili fani o‘qituvchisi, M.Nig‘matova

 


 

[1] Qozizoda Axmad ibn Muhammad. “Natoijul afkorr fi kashfir-rumuz val asror” – Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 2012 – B.X. – B. 63.

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry