16.11.2025
36

TAVARRUQ  SAVDOSI HUKMLARI

Tavarruq  savdosi hukmlari

Islom moliyasida tavarruq deb ataluvchi bitim tasvirlab berilgan. Tavarruq so‘zining o‘zagi variq bo‘lib, arab tilida “kumush” , “pul” ,  “naqd boylik” degan ma’noni bildiradi. Avvaliga bu so‘z kumushga ega bo‘lish yoki uni qidirish ma’nosida ishlatilgan, keyinroq bu so‘z kengroq, jumladan umuman har qanday pulni (kumush, oltin yoki boshqa turdagi pul birliklari) qo‘lga kiritish, egalik qilish, jalb qilish ma’nosida ishlatila boshlagan. Uning istelohiy ma’nosi esa “Shaxsning biror tovarni muddatli to’lovga sotib olib, keyin uni uchinchi shaxsga naqd pulga arzonroq sotishidir”.  Shunday qilib, moliya mablag‘lari jalb qilishning har qanday turi tavarruq deyiladi.[1]

Shariatda «tavarruq savdosi» degan moliyaviy muomalalarning hukmi ham bayon qilingan. Bu kabi savdoni bizda «realizatsiyaga mol olish» deyishga odatlanilgan.  Masalan: bir inson bank yoki moliyaviy tashkilotdan tovarni muddatli to‘lov bilan 1 million so‘mga sotib oladi, so‘ng uni uchinchi shaxsga naqd 900 ming so‘mga sotadi. Natijada u 900 ming so‘m naqd mablag‘ga ega bo‘ladi, ammo foizli qarz olmagan bo‘ladi. Shunday qilib, tavarruqning mohiyati — qarz olish o‘rniga halol savdo orqali naqdlikni ta’minlashdir.

Tavarruqning ikki turi mavjud – asl tavarruq, hamda tashkillashtirilgan tavarruq. Tashkillashtirilgan tavarruq bank muassasalari tomonidan, asl tavarruq esa asosan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.[2]

Birinchisida bir odam ikkinchisidan uning savdo molini nasiya­ga oladi va bir muddatdan keyin o‘sha molni o‘z egasiga avvalgi narxdan arzonga sotadi. Bu ribo olish uchun ishlatilgan hiyla sifatida shariatda man qilingan savdadir. Eski fiqh kitoblarimizda ushbu savdo haqida ko‘p o‘rinlarda so‘z ketgan va uni harom deya baholangan. Ikkinchisida: Bugungi kunda ba’zi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi kichik tijoratchilar o‘zlarining sarmoyalari ozligi sababli katta tijoratchilardan ma’lum savdo molini olib, ma’lum muddatdan keyin xaridorga qimmatroq bahoga sotib, o‘zi bir oz foyda olgach, molning asl egasiga uning narxini qaytarib beradi. Bunda ikki taraf ham foyda oladi. Mol egasi molining o‘zi istagan narxda sotilishiga, tavar­ruq savdosi bilan shug‘ullanuvchi kichik savdogar ustama narxdan foyda ko‘rishga erishadi.[3]

Tavarruq molni (mahsulotni) egasidan nasiyaga olib, boshqa birovga naqd pul evaziga sotib yuborishga aytiladi (albatta kelishilgan muddatda nasiyaga olingan molning narxi to‘lab berilishi kerak). Bu turdagi moliyaviy amaliyot naqd pulni qo‘lga kiritish niyatida amalga oshiriladi.

Asl tavarruqning joizligi uning qonuniyligi va shariatga xilof bo‘lmagan ishni amalga oshirishga imkon berishi bilan belgilanadi. Ba’zida odam moliyaviy muammoga duch keladi va shu muammoni hal qilish uchun foizsiz qarz (qarzi hasan) berib turishi mumkin bo‘lgan birorta odamni topishga qiynaladi va shunday holatda u tavarruqdan foydalanadi.[4]

Xulosa qilib aytganda, tavarruq savdosi — bu ribo taqiqlangan sharoitda halol moliyaviy muomala yo‘lini ta’minlovchi vosita bo‘lib, u islomiy moliyaviy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shariat tamoyillariga qat’iy amal qilingan holda tavarruq amaliyotini rivojlantirish — islomiy iqtisod tizimining mustahkamlanishiga, jamiyatda adolat va halollikning qaror topishiga xizmat qiladi.

                                                                  

 

Tayyorladi: Ta’lim muassasasi talabasi M. Alijonova

                                                                  Mas’ul: Ta’lim muassasasi arab tili fani o’qituvchisi M. Maxamatxanova


 

[1] https://islommoliyasi.uz

[2] “Bozor va unga bog’liq masalalar”  Shayx Muhammad Sodiq  Muhammad Yusuf

[3] “Bozor va unga bog’liq masalalar” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

[4] https://islommoliyasi.uz

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry