23.11.2025
84

HAJ IBODATIDAGI JINOYATLAR VA JAZOLAR

HAJ IBODATIDAGI JINOYATLAR VA JAZOLAR

Haj va umra bobidagi jinoyat deb, ehrom va Haram man qilgan ishlarga aytiladi. Jinoyatlar ikki xil bo‘ladi.[1]

1.Ehromga bog‘liq jinoyatlar. Haj va umrada ehromga kirgan kishilarga xos.

2.Haramga bog‘liq jinoyatlar. Haram hududida bo‘lgan kishilarga xos.

Ehromga bog‘liq jinoyatlar o‘z navbatida quyidagicha bo‘linadi:

1. Tuya yoki mol so‘yishni vojib qiladigan jinoyatlar.

2. Qo‘y so‘yishni vojib qiladigan jinoyatlar.

3. Sadaqani vojib qiluvchi jinoyatlar.

To‘liq bir a‘zosiga xushbo‘ylik surtish

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ ﷺ نَهَى النِّسَاءَ فِي إِحْرَامِهِنَّ عَنِ الْقُفَّازَيْنِ وَالنِّقَابِ، وَمَا مَسَّ الْوَرْسُ وَالزَّعْفَرَانُ مِنَ الثَّيَابِ، وَلْتَلْبَسْ بَعْدَ ذَلِكَ مَا أَحَبَّتْ مِنْ أَلْوَانِ الثَّيَابِ مُعَصْفَرًا أَوْ خَيًّا أَوْ حُلِيًّا أَوْ سَرَاوِيلَ أَوْ قَمِيصًا أَوْ خُفَّا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَأَحْمَدُ

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollarni ehromda qo‘lqop kiyishdan, niqob tutishdan va za’faron hamda varas tekkan narsani kiyishdan nahiy qilganlarini eshitdim. Undan boshqa yaxshi ko‘rgan rangdagi kiyimlarini: bo‘yalganmi, ipakmi, taqinchoqmi, shalvormi, ko‘ylakmi, maxsimi kiyaversin.”

“Sunan” egalari va Ahmad rivoyat qilganlar.

Tikilgan kiyim kiyish.

Ehromdagi erkak kishi oyoqlarining ust qismi ochiq bo‘lishi lozim. Shuning uchun kavushi yo‘q odam maxsi kiyishga majbur bo‘lsa, uning oshig‘idan pastini kesib tashlashi lozim.

Tikilgan kiyimni oddiy holatdagidek kiyish va bir kun yoki bir kecha yechmay yurish. Ammo ba’zi kiyimni yelkaga tashlasa yoki beliga o‘rab, ayrim joylarini to‘ssa, bu jinoyat hisoblanmaydi, chunki bu holat kiyim kiyish deb baholanmaydi. Agar oz muddatga kiyilsa, sadaqa vojib bo‘ladi. Uning miqdori – 2 kilogramm bug‘doy yoki uning qiymati.

Ayol kishining ehromdalik chog‘ida yuzini va kaftlarini to‘sishi haromdir. Faqat nomahram erkaklarga duch kelib qolganida, yuzini ularning ko‘zidan olib qochadi.

 Bir qo‘li yoki oyog‘idagi tirnoqlarini yoki hammasini bir majlisda olsa.

Qo‘l-oyoqni jamlab yoki faqat qo‘lning yoxud faqat oyoqning tirnoqlarini olish.  Betahorat holda farz tavof qilsa yoki farzdan boshqa tavofni junub holda qilsa.

         كَانَ مِنكُم مَّرِيضا أَوْ بِهِ أَذًى مِن رَّأْسِهِ فَفِدْيَةٌ مِّن صِيَامٍ أَوْ صَدَقَةٍ أَوْ نُسُك

         «Sizdan kim bemor bo‘lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo‘lsa, unga ro‘za tutish, yoki sadaqa berish, yoxud qurbonlik so‘yish ila fidya (vojib)», degan (Baqara surasi, 196-oyat).

Birov haj va umra qilayotgan paytida sochini oldirmasa bo‘lmaydigan bir kasalga chalindi yoki boshiga bit tushib ketdi, yara chiqib qoldi. Shunga o‘xshash holatlarda qurbonlik so‘yishdan oldin sochini oldiradi-da, xohlasa, uch kun ro‘za tutadi yoki oltita miskinga uch so' taom beradi, xohlasa, bir jonliq so‘yib, to‘lov to‘laydi. Buni shariatda «fidya berish» deyiladi. Ehromdagi shaxs ov hayvonini o‘ldirsa yoki o‘ldiruvchiga uni ko‘rsatib yuborsa, ikki odil shaxs hukmiga asosan, ov o‘ldirilgan joyda yoki unga eng yaqin joyda uning jazosini ado etish vojib bo‘ladi. Bas, hadiy sotib olib, Makkada so‘yadi yoki xuddi sadaqai fitrdagi kabi taom sotib olib, sadaqa qiladi, yoxud har bir miskin taomi o‘rniga bir kun ro‘za tutadi. Miskinning taomidan ortib qolganini sadaqa qiladi yoki bir kun ro‘za tutadi.

Tayyorladi: Maxmudjonova Guljaxon

Qabul qildi:Nurmuhammedova Iroda


 

[1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis va hayot”10-juz. Haj kitobi – T.: “Hilol nashr”,2024. -376 b

 358-bet

Другие новости

Tinchligimizni qadriga yetaylik
27.10.2026 5
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joyidir. Bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir. Safar qilsa, mudom qumsaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi, tinchligi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon...
Подробнее
Ona tili - millatning mangu hayot manbai va ma’naviyat sarchashmasi
19.10.2026 8
✍️ Insoniyat tarixining qaysi sahifasiga nazar tashlamaylik, har bir millatning o‘zligi, ruhiy olami va tafakkur tarzi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Til shunchaki tovushlar majmuasi yoki o‘zaro muloqot...
Подробнее
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari
13.10.2026 11
Yaratuvchining borligiga salaf ulamolarning dalillari Azaliy va abadiy mavjud bo‘lgan, barcha mavjudodlarni yo‘qdan bor qilgan, sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan Alloh taologa hamdu sanolar, Uning buyukligi, jaloli va jamoliga munosib maqtovlar...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry