09.09.2025
101

Alloh taolo borasida chuqur kirishmaymiz

Alloh taolo borasida chuqur kirishmaymiz

Imom Tahoviy rohmatullohi alayhi o'z kitoblarida shunday keltiradilar:
" و لا نحوض في الله عز وجل" 

"Alloh taolo borasida chuqur kirishmaymiz "
Buning ma'nosi esa Alloh taoloning zoti, sifatlari  borasida Qur'on va sunnatga ergashmasdan, aqlning o'zi bilan so'z yuritmaymiz. Chunki Allohning ismlari va sifatlari borasida  shariatda ya'ni Qur'on va sunnatda kelganilari bilan cheklanamiz. Alloh taoloning aqllarni hayratga soluvchi zoti borasida ham fikr bilan kirishmaymiz. Chunki bu narsa ya'ni kirishishlik ko'pincha inkorga olib boruvchidir. Balki Allohning fe'llari va yaratgan narsalari borasida fikr yuritishimiz lozim bo'ladi. Chunki bizning aqlimiz Alloh taoloning oliyligini idrok qilishdan ojizdir. Vaholanki farishtalar nafsoniy istaklardan holi bo'lsalarda o'zlarining ojiz eknaliklarini e'tirof qilib aytadilarki:
"ما عرفناك حق معرفتك "
Endi nafsiy istaklarga va xolis idrok qilishdan ma'n qiluvchi pardalar bilan o'ralgan inson qanday bo'lsin. Bas bu borada chuqur ketish ko'pincha Alloh taolo undan pok bo'lgan so'zlarga olib boradi (taqazo qiladi). Shunday ekan bu borsida chuqur ketishni tark qilish eng yaxshi yo'ldir.

Din borasida xusumatlashmaymiz

Matn davomida keladiki:
"و لا نهاري في الدين"

Ya'ni haq ahllari bilan ahli havoning shubhalarini o'rtaga qo'yib ularning shubhaga tushishlari va haqdan og' ishlarini istab xusumatlashmaymiz. 
Rosululloh s.a.v ha bir necha hadislarda bundan qaytarganlar. 
Nabiy s.a.v aytadilar: "Kim u nohaq bo'lgan holida tortishuvni tark qilsa uning uchun jannatning chetida bir uy bino qilinur, va kim u haqli bolgan holida uni tark qilsa u uchun jannatning o'rtasida bir uy bino qilinur, va yana kim xulqini go'zal qilsa jannatning yuqorisida u uchun bir uy bino qilinur" dedilar ( Termiziy rivoyat)
Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki : Bir kuni Rosululloh s.a.v bizning oldimizga chiqdilar, biz qadar borasida nizolashayotgan edik, bundan g'azablandilar hatto yuzlari qizardi. Va shunday dedilar : shu uchun sizlarga amir bo'ldimmi? Yoki shu uchun sizlarga yuborilgan edimmi? Albatta sizdan avvalgi ummatlar din xususida nizolarinnig va nabiylariga bo'lgan ixtiloflarining ko'pligi sabab halok bo'lgan edilar, sizlarga bu borada tortishmaslikni buyuraman " dedilar. Termiziy va Abu Dovud rivoyati

Tayyorladi: Ibrohimova S
Mas'ul ustoz: Aqoid fani oʻqituvchisi S.Muxamedxodjayeva

Другие новости

Sendan yetimlar haqida so‘raydilar
20.04.2026 2
Sendan yetimlar haqida so‘raydilar Islom dinida yetimlarga rahm-shafqat qilish, ularning huquqlarini himoya qilishga targ‘ib qilingan ko‘plab oyat-hadislar bor. Islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak sahobalar, tobe’inlar va taba’ tobe’inlar davrlarida musulmonlarning...
Подробнее
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLAR
19.04.2026 2
UZR SOHIBLARIGA DOIR FIQHIY HUKMLARUzr sohibi badanidan uzluksiz tahorat sindiruvchi narsa chiqib turgan kishidir. Masalan bavlni tuta olmaslik, ich ketishi, uzluksiz yel kelib turishi, ko‘zdagi kasal sabab undan rangi o‘zgargan,...
Подробнее
Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik
10.04.2026 9
Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry