01.03.2026
1

Ro‘zaning inson tanasiga foydalari

 

 

Ma’lumki, ro‘za farz bo‘lgan dastlabki davrda musulmonlar farz ibodatini ado etish mas’uliyati hissi ila ro‘za tutaverganlar. Keyinchalik boshqa xalq, millat va elatlar bilan aralashildi. Ularning savollariga, e’tirozlariga yoki islomga nisbatan qilgan ta’nalariga javob berib borib, islomiy ibodatlarning, jumladan, ro‘zaning hukmlari, axloqiy foydalari va o‘sha zamon ruhi va talabiga mos tomonlari shart qilindi, tushuntirildi. lmiy tajribalarning natijalari islom dinida bundan o‘n besh asr ilgari ro‘za tutishni farz qilinishi ilmiy mo‘jiza bo‘lganiga dalolat sifatida qabul qilinmoqda. Baqara surasining 184-oyatida, Alloh taoloning “Ro‘za tutmog’ingiz siz uchun yaxshidir”, degan oyatining mo’jizasi isbot bo‘lmoqda.

Tibbiy ilmiy izlanishlar oqibatida ro‘zaning turli jismiy va ruhiy kasalliklardan himoya qilish, ularning oldini olishda foydasi borligi sobit bo‘ldi. Jumladan: Ro‘za insondagi kasalliklarga qarshi qobiliyat (immunitet)ni kuchaytiradi. Chunki ro‘za tutgan odamda ushbu maqsadga xizmat qiluvchi hujayralar o‘n marta ko‘payishi ilmiy ravishda sobit bo‘lgan.

Ro‘za tutgan odamda semizlikka qarshi mone’lik paydo bo‘ladi. Chunki odatda semizlik g‘izoni hazm qilishdagi nuqsondan, atrof-muhitdagi nafsoniy va ijtimoiy ta’sirlar orqali kelib chiqadi.

Gohida ruhiy iztirob ham g‘izoni noto‘g‘ri ta’sir qilishga olib borishi mumkin. Ro‘za tutgan odam ruhiy, aqliy istiqrorga ega bo‘ladi. Chunki ro‘zador odam imoniy muhitda ko‘p ibodat, zikr, Qur’on tilovati qilib vaqt o‘tkazadi. Turli achchiqlanish, asabiylashish, urush-janjallardan yiroq bo‘ladi.

Ro‘za buyrakda toshlar yig‘ilishidan saqlaydi. Chunki ro‘za tutgan odamning qonida soda ko‘payib, kaliy tuzlari to‘planishini ma’n qiladi. Shuningdek, ro‘zador siydigida siydik yo‘llaridagi tuzlarni to‘planib qolishini yo‘qotadigan modda ko‘payishi ham ilmiy ravishda isbot etilgan.

Ro‘za inson jismini uning to‘qimalarida to‘planib qoladigan turli zararli moddalardan tozalashda yordam beradi. Ma’lumki, oziq-ovqat, dori-darmon va havo orqali inson jismiga ko‘plab zararli moddalar kirib, to‘planib qoladi. Ana o‘sha moddalar faqat ro‘za tutish orqali chiqib ketadi.

Bugun turli ilmiy tadqiqotlar roʻza butun tanaga shifobaxsh taʼsir koʻrsatishini tasdiqlayapti. Shu bois ham ochlik bilan davolash boʻyicha juda koʻp kitoblar yozilyapti, bu usul tibbiyotda keng qoʻllanilyapti. Hozir ochlik bilan davolash urf boʻldi. Hatto Gʻarb mamlakatlarida shu usulda xizmat koʻrsatuvchi maxsus shifoxonalar bor.

Odam vujudi shunday qurilgan: oziq-ovqat yetkazish toʻxtagan paytda butun kuch-quvvat organizmni zararli mikroblar, xasta toʻqimalar, oʻsma va xiltlardan tozalashga kirishadi.

Tadqiqotchi, tibbiyot fanlari doktori Robert Bartlou ilmiy izlanishlari, tajribalari bilan roʻza organizmni tozalashda juda katta kuchga ega ekani va hatto boshlangʻich bosqichdagi oʻsmalarni yoʻqota olishi mumkinligini isbotladi.

Ochlik bilan davolanayotganlarni kuzatgan olimlar ularning sogʻayib, turli kasalliklardan tamoman qutulib ketganlariga guvoh boʻlishdi. Tajribalar roʻza qonda xolesterin miqdorining kamayishiga, natijada yurakda qon laxtasi (tromb) tiqilishining oldi olinishiga sabab boʻlishini koʻrsatdi. AQSHda olib borilgan tadqiqotlar esa roʻza qondagi qand moddasi va meʼda shirasi kislotasini hech qanday dori vositalarisiz meʼyorda saqlab turishini isbotladi.

Ochlik taʼsirlarini oʻrgangan germaniyalik olimlar kamida uch yoki toʻrt hafta mobaynida 10-15 soat hech narsa isteʼmol qilmay yengil ish bilan shugʻullanish sogʻlik uchun juda foydali degan xulosaga keldilar. Doktor Bill Shernber har yili bir oy roʻza tutish tetiklik va yoshlik asosi ekanini taʼkidlaydi.

Odessa universiteti olimlari oʻtkazgan tajribalar ochlik tanadan zaharlarni har qanday dori-darmondan koʻra yaxshiroq chiqarib tashlashini koʻrsatdi. Masalan, roʻza paytida ammiakning chiqarilishi 100 barobarga kuchayadi.

Roʻzaning asab va ruh sogʻlomligiga taʼsiri ham katta. Bunda eng koʻzga koʻrinadigan foyda insonda iroda mustahkamligi va taqvoning shakllanishidir. Eng kuchli dushman – nafs ustidan gʻalaba qozongan kishi juda mustahkam irodaga ega boʻladi, uning ongi xohish-istaklarni oʻziga boʻysundiradi. Koʻp hollarda xohish-istaklari quli boʻlgan odam endi ularning xoʻjayiniga aylanadi.

Fiziologiya qonunlariga koʻra refleks shakllanishi uchun bir oy kifoya qiladi. Bir oy roʻza tutgan kishida Alloh qaytargan narsalardan tiyilish refleksi paydo boʻladi. Tib ilmi mutaxassislarining fikricha, bir yilda inson 28-32 kun ixtiyoriy ravishda o‘zini ovqatdan tiyishi, och qolishi kerak ekan. Bu bilan yil davomida oshqozon, ichaklarda to‘planib qolgan chiqindilar hazm bo‘lar ekan. Bu ixtiyoriy och qolish usuli, hozirda odamlar orasida keng tarqalgan o‘ttizga yaqin kasalliklarga davo bo‘lar ekan.

Odamlar odatda fan tasdiqlagan, amalda isbotini topgan narsalarga koʻproq ishonadi. Biroq, roʻzaning hali fan aniqlolmagan foydalari boʻlishi shubhasiz.   

Ro‘za tutishning o‘ziga xos odoblari bor. Ro‘za tutuvchi kishi haddan tashqari to‘yib ovqatlanishi kerak emas. Albatta, keragidan ortiq ovqatlanish sog‘liqqa zarar. Kundalik ovqatlanishdan farqi – faqat tushlik qilinmaydi. Ro‘zani sog‘lom, tutishga qodir kishilarga buyuriladi. Homilador, emizikli ayollarga ro‘za tutishlikda yengillik beriladi. Bemorlar ro‘za tutmasalar ruxsat. Tuzalganlarida qazosini tutadilar.

Ro‘za  eng avval taqvodorlik hissini kuchaytiradi. Chunki yarim kechada faqat Allohning amrini bajo etish yo‘lida o‘rnidan turib, saharlik qilib, kun bo‘yi qaysi holatda bo‘lsa ham o‘zini ovqatdan, ichimliklardan va shahvatli narsalardan tiyib yurgan odam haqiqatda taqvodor bo‘ladi.

Ro‘za tutgan odam sabrli, bardoshli bo‘ladi. Shu bilan birga ixtiyoriy ravishda och qolib, ochlik nimaligini o‘z boshidan o‘tkazib, doimo och yurganlarning holini tushunib yetadi va ularning holidan xabar oladigan bo‘ladi.

Bir oy davomida o‘zini halol-pok narsalardan to‘xtatib turgan mo‘’min-musulmon hech qachon yilning qolgan o‘n bir oyida ham harom narsalarga yaqin kelmasligi kerak.

Ilgari o‘tgan ulug‘larimiz ham “Batnul mar’i aduvvuhu”  ya’ni, kishining qorni o‘zining dushmanidir, deyishgan.

Arab tabiblaridan biri Xoris ibn Kolda: “Oshqozon - kasalliklarning uyidir, parhezkorlik esa, barcha davoning boshidir” degan. Hukamolar to‘qlikning ellikka yaqin zararini sanaganlar: og‘irlik, charchoq, ko‘ngil ko‘rligi, g‘am, ruhiy zaiflik, gunohdan qo‘rqmaslik, hayosizlik, aqlning zaifligi, noshukrlik, axloqsizlik, notinchlik, shahvatparastlik, xotirasizlik, o‘limni esdan chiqarish, dunyoni ko‘p sevish, baxillik, xasislik, zulm, shaytonga ergashish, sabrsizlik, hikmatdan uzoq bo‘lish, qo‘rqoqlik kabi. Zero, oz yegan kishining tashvishi ham kam bo‘ladi. Bunday kam yeb, kam xarjlaydigan kishi orttirganlarini faqir, yo‘qsil va miskinlarga berishi mumkin. Qiyomat kunidagi eng och insonlar bu dunyoda qorinlarini doimo to‘yg‘azib yurganlardir. To‘qlarning oxiratda och qolishlaridan biriga sabab, ularning bu dunyoda malakut olami va Haq kalomidan bexabar o‘tib ketganlaridir. Zero, har bir mo‘minning kelajakda sodir bo‘ladigan hodisalarni ko‘rib anglaydigan bir farosat nuri bo‘ladiki, nafslariga qul bo‘lganlarning bundan xabarlari bo‘lmaydi. 

Luqmoni Hakim aytganki: “Ey farzand qorningni bosib-tiqib to‘ydirsang, fikr xazinalaring quriydi, tafakkur qilolmaydigan ahvolga tushasan, sendan hikmat degan ne’mat ketadi, a’zolaring ibodat qilishdan qoladi.” Albatta biz musulmonlar ro’zani Alloh taolo farz qilgani uchungina tutamiz.Tutayotgan ro’zalarimizdan yolg’iz o’zining roziligini istab, gunohlarimiz mag’firat qilinishini umid qilamiz!

 

 Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Joziba Jamol qizi

Другие новости

Ziyoli ayol – komil inson murabbiyasidir!
04.03.2026 1
Ayol ma’rifati – jamiyat baxtiOila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ziyosi bo‘lgan ayollar azaldan vafoli yor, mehribon ona, oila boshlig‘ining asosiy maslahatchisi sifatida qadrlanib kelganlar. Onalik naqadar mas’uliyatli va sharafli maqom...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (2-qism)
03.03.2026 1
Shuningdek, manbalarda asarning nomi bir necha xil ko‘rinishda nomlanganini ko‘rish mumkin. Abdulqodir Bag‘dodiy “Xizonatu-l-odob”, Hojjiy Xalifa “Kashfu-z-zunun” kitobida “Navobig‘u-l-kalim” deb zikr qilib o‘tgan bo‘lsa, Suyutiy, Yoqut Hamaviy, Toshko‘prizoda, Sofadiy va...
Подробнее
Mahmud Zamaxshariy adabiy merosi (1-qism)
03.03.2026 1
AbstraktUshbu maqolada Xorazm faxri, Jorulloh (Allohning qo‘shnisi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Ahmad Xorazmiy Zamaxshariyning hayoti, ilm yo‘lidagi safarlari va ta’lim olgan ustozlari haqida ma’lumotlar berilgan....
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry